O‘zbekistonda 17-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 133 kishiga ko‘payib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 15 482 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 25 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida,
  • 47 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida,
  • 25 nafari Andijon viloyatida,
  • 22 nafari Samarqand viloyatida,
  • 14 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, hozirga qadar 78 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Mamlakatda 6622 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.