17-iyul, juma kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Avstraliyaning Melburn shahrida 2 kishi Filipp ko‘rfazida suzib ketayotgan sportchini kuzatmoqda.
Foto: Getty Images
Indoneziyaning Suralaya hududida 59 yoshli baliqchi Indoneziya energetikasiga tegishli ko‘mir elektr stansiyasining yonidagi qishloqda o‘z uyini ta’mirlamoqda.
Foto: Reuters
Chilining Valparaiso hududida Kongress a’zosi Pamela Gilyes muxolifot siyosatchilari tomonidan taklif etilgan pensiyalarga konstitutsiyaviy o‘zgarishlar rad etilganini nishonlamoqda.
Foto: Reuters
Gretsiyaning Lavrion shahrida o‘t o‘chiruvchi samolyot o‘rmon yong‘inini o‘chirish uchun suv sepmoqda.
Foto: Reuters
Xitoyning Xanchjou hududida Cirque du Soleil truppasi a’zolari “Fantaziyalar yeri” shousiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Foto: Reuters
Londonda rassom Eva Rotshildning “Mening dunyoyim va sening dunyoying” nomli 16 metrli haykali namoyishi ochildi.
Foto: “TASS”
Seulda hayvonlar himoyachilari itlarning go‘shtini yeyishga qarshi namoyishga chiqdi. Ular hukumatdan ushbu mahsulotni yeyishni taqiqlashni talab qilmoqda.
Foto: EPA
Mavzuga doir: Olimlar asr oxiriga kelib ayrim davlatlar aholisi ikki baravar kamayib ketishini prognoz qildi
Nepal hukumati iqtisodiyotni tiklash uchun karantinni yumshatmoqda. Suratda taekvondo mashg‘ulotlaridagi bolalar.
Foto: EPA
Hindistonning Assam shtatidagi suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan hududlardan tepaliklarga chiqib ketayotgan karkidonlar.
Foto: Reuters
Polshaning Solina shahridagi kurortlardan birining egasi rafiqasining xotirasiga bag‘ishlab daraxtlarni yurak shaklida ekib chiqdi.
Foto: EPA
Ukrainaning Kiyev shahrida davlat tili himoyasi uchun aksiya o‘tkazildi. U Oliy Radaning yig‘ilishi oldidan tashkil etilgan. Deputatlar unda maktabda darsliklarni ukrain tilida o‘qitish majburiyatini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uzoq muddatli karantinga qarshi ekanini ma’lum qildi
Ozarbayjonning Kolxalfali qishlog‘ida Armaniston bilan chegaradagi nizoda halok bo‘lgan askarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Reuters
NASA va Yevropa kosmik agentligi quyoshning 77 million kilometr uzoqlikdan olingan yangi suratlarini joyladi.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Serial qahramonlari kabi kiyingan namoyishchilar, suv ichidagi odamlar, damba qurayotgan harbiylar. 15-iyul suratlari
- Xitoydagi suv toshqinlari, fuqarolar bilan so‘zlashayotgan robot ayol, koronavirusga chalingan mahbus. 14-iyul suratlari
- Qishloqdagi basketbol, niqobni ko‘ziga taqqan vazir, namoyishga chiqqan shifokorlar. 13-iyul suratlari
- Yerda yotgan tadbirkorlar, ilk bor niqob taqqan prezident, aktyor uchun ibodat. 12-iyul suratlari