15-iyul, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Iroqning Basra hududida bosh vazir Mustafo al-Qadimiy tashrifi oldidan hukumatga qarshi namoyishchilar qarshisida turgan xavfsizlik kuchlari.
Foto: Reuters
Hindistonning Mumbay shahrida kuchli yomg‘irdan toshgan ko‘chani kesib o‘tayotgan yigit qo‘lida keksa ayolni olib o‘tmoqda.
Foto: Reuters
London shahrida aktyor Jonni Depp muxlislari uning Oliy sud binosiga kelishini kutmoqda.
Foto: Reuters
Ispaniyaning Madrid shahrida Nissan ishchilari “Qog‘oz uy” seriali qahramonlarining liboslarida hukumat parlamenti qarshisida namoyishga chiqdi.
Foto: Reuters
Indoneziyaning Janubiy Sulavesi hududida aholi suv toshqini bo‘lgan Shimoliy Luvu hududidan kerakli narsalarini olib ketmoqda.
Foto: Getty Images
Shimoliy Makedoniyaning Strumitsa hududida koronavirus tufayli qoldirilgan parlament saylovlarida muddatidan avval ovoz berayotgan ayol.
Foto: EPA
Xitoyning Yanszi hududidagi Poyanxu ko‘li yonida kuchli yomg‘ir natijasida hosil bo‘lgan toshqinlarni ushlab qolish uchun avariyaviy damba qurayotgan askarlar.
Foto: Getty Images
London shahrida yaqindagina qayta ochilgan galereyada Uolles kolleksiyasini tomosha qilayotgan tashrif buyuruvchilar.
Foto: Getty Images
Italiyaning Milan shahrida Etro modular namoyishi doirasida ko‘chadagi podiumda yurib ketayotgan model.
Foto: Getty Images
Chilida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berayotgan ko‘ngilli.
Foto: Reuters
AQShning Kaliforniya shtatidagi Avliyo Benedikt maktabida o‘quvchilarning masofa saqlashini ta’minlayotgan to‘siqchalar.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Xitoyda COVID-19’ga chalinganlar 83 611 kishiga yetdi. Janubiy Koreyada kasallangan soni bir sutkada 39 nafarga oshdi
Tailandning Bangkok shahridagi Xalqaro avtosalon festivalida himoya niqobi taqib olgan promouter.
Foto: Reuters
Hindistonning Ahmadobod avtovokzalida erkakdan koronavirus tahlili uchun namuna olayotgan tibbiyot xodimi.
Foto: Reuters
AQShning Delaver shtatida saylovoldi kampaniyasida Jo Baydenning chiqishini ijtimoiy masofa saqlab kuzatayotgan jurnalistlar.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Xitoydagi suv toshqinlari, fuqarolar bilan so‘zlashayotgan robot ayol, koronavirusga chalingan mahbus. 14-iyul suratlari
- Qishloqdagi basketbol, niqobni ko‘ziga taqqan vazir, namoyishga chiqqan shifokorlar. 13-iyul suratlari
- Yerda yotgan tadbirkorlar, ilk bor niqob taqqan prezident, aktyor uchun ibodat. 12-iyul suratlari
- Sohil bo‘yidagi kelin, vulqon og‘zidagi odamlar, Moskvadagi noodatiy jazirama. Hafta suratlari