14-iyul, seshanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Belarusning Turov shahrida Neowise yoki C / 2020 F3 nomli kometa Pravoslav cherkovi uzra uchib o‘tmoqda.
Foto: AP Photo
Angliyaning Ueymut hududidagi Preston Bich plyajida yotgan dengiz mushugi. Uni doimiy ravishda volontyorlar kelib parvarishlab turishadi.
Foto: Getty Images
Italiyaning Bolonya shahridagi Teatro Comunale Di Bologna teatridagi konsertda ijtimoiy masofa saqlayotgan tomoshabinlar.
Foto: Getty Images
AQShning San-Fransisko shahridagi jirafalar 4 oylik karantin tartibidan so‘ng qayta ochilayotgan hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilarni kutmoqda.
Foto: EPA
Xitoyning markaziy va sharqiy qismlaridagi kuchli yomg‘ir qator talafotlarni keltirib chiqardi. Noodatiy tinimsiz yomg‘ir natijasida 33 ta daryo qirg‘oqdan toshib chiqdi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Xitoyda so‘nggi sutkada 8 kishida, Janubiy Koreyada esa 33 kishida koronavirus aniqlandi
Mavzuga doir: Bugungi kunning boshlanishi. 14-iyul – Fransiyada Bastiliya qal’asi qulagan va inqilob boshlangan kun
AQShning San-Diyego shahri aholisi yonayotgan USS Bonhomme Richard desant kemasi fonida suratga tushmoqda. O‘t o‘chiruvchilar yong‘in kemaning ichki qismlarigacha yonib bitmaguncha to‘xtamasligini aytmoqda.
Foto: Reuters
Rossiyaning Perm shahridagi ko‘ptarmoqli markazda insoniy qiyofaga ega robot ish boshladi. U odamlar bilan suhbatlashadi, labi, ko‘zlari va qoshlarini qimirlatadi, savollarga javob beradi va inson yuzidagi 600 xil harakatni qaytara oladi.
Foto: Reuters
Polsha prezidenti Anjey Duda rasman qayta saylandi. Barcha protokollarga ko‘ra, Duda saylovning ikkinchi turida 51,03 foiz ovoz to‘pladi.
Foto: Reuters
Hindistonning Ahmadobod shahridagi milliy shosseda burnidan koronavirus tahlili uchun namuna olinayotgan bolakay.
Foto: Reuters
Gvatemalaning Gvatemala Siti shahrida qamoqxona nozirlari koronavirusga gumon qilinayotgan mahbusni kasalxonaga olib kelmoqda.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Qishloqdagi basketbol, niqobni ko‘ziga taqqan vazir, namoyishga chiqqan shifokorlar. 13-iyul suratlari
- Yerda yotgan tadbirkorlar, ilk bor niqob taqqan prezident, aktyor uchun ibodat. 12-iyul suratlari
- Sohil bo‘yidagi kelin, vulqon og‘zidagi odamlar, Moskvadagi noodatiy jazirama. Hafta suratlari
- Toshkentda qayta tiklangan blokpostlar, savdo markazidagi yong‘in, ko‘l ichidagi minora. 10-iyul suratlari