Prezident Vladimir Zelenskiy bir oydan ko‘proq vaqt davomida karantinni davom ettirishning hojati yo‘qligini aytdi, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy

Foto: Reuters

Zelenskiy bu haqda 16-iyul, payshanba kuni hukumat va huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirokidagi an’anaviy konferensiya chog‘ida ma’lum qildi.

Uzoq vaqt davomida karantinni davom ettirishga shoshilishning hojati yo‘q, biz vaziyatni rivojlantirish bo‘yicha harakat qilishimiz kerak. Hamma bu karantindan allaqachon charchagan. Biz odamlar qanday qilib xavfsiz hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, qanday qilib uni davom ettirishimiz kerakligini aniq belgilab olishimiz kerak. Shunda iqtisodiyotimiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun biz karantinni bir oy davom ettiramiz, ammo bundan ko‘p emas.

Vladimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti 

Bunga javoban sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanovning ta’kidlashicha, Ukrainada karantin holati bo‘yicha rezolyutsiya ishlab chiqilgan.

Hujjatga ko‘ra, mintaqalar to‘rt – “yashil”, “sariq”, “to‘q sariq” va “qizil” hududga bo‘linadi. Hududlarda cheklovlarga nisbatan aniq mezonlar qo‘llaniladi.

Cheklov choralari mintaqaning muayyan hududida yuzaga kelgan vaziyatga qarab joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 6-may kunidan boshlab O‘zbekistonda ham tuman va shaharlar “yashil”, “sariq”, va “qizil” hududlarga ajratila boshlangan.