Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyoning 80 dan ortiq eng badavlat insonlari ko‘proq soliq to‘lab, jahon hamjamiyatiga koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish taklifini bildirdi.

Foto: DW

Foto: DW

Millionaires for Humanity (“Insoniyat uchun millionerlar”) guruhi tomonidan yo‘llangan maktubda yozilishicha, dunyoda sog‘liqni saqlash tizimiga investitsiyalar yetishmasligi hamda kasalxonalarda koyka-o‘rinlar, himoya niqoblari va sun’iy nafas oldirish apparatlari yetishmasligi muammosi kuzatilmoqda. Millionerlar vaziyatni to‘g‘irlash maqsadida zudlik bilan, sezilarli darajada va butunlayga o‘zlari uchun solinadigan soliq stavkasini ko‘tarishni taklif qilmoqda.

“Biz tez yordam mashinalarini haydamaymiz. Biz oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlarini to‘ldirmaymiz va mahsulotlarni eshiklaringiz tagiga qadar yetkazib bermaymiz. Biroq bizning pulimiz bor, juda ko‘p pulimiz”, — deydi millionerlar.

Maktubda ta’kidlanishicha, millionerlar dunyodagi boshqa o‘n millionlab insonlar kabi ishsiz, uysiz va shaxsiy jamg‘armasiz qolishdan xavotirlanmaydi. Ular o‘zlari uchun insoniyat taqdiri muhim ekanligini qayd etgan.

Maktubga Buyuk Britaniya, Daniya, Kanada va Yangi Zelandiyadan bo‘lgan 83 nafar biznesmen imzo chekkan. Ular orasida Disney merosxo‘ri Abigeyl Disney va Amerikaning Ben&Jerry muzqaymoq kompaniyasi egasi Jerri Grinfild ham bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)