Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 36-turida “Barselona” 11-iyul, shanba kuni “Valyadolid” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 15-daqiqasida Arturo Vidal Lionel Messi tomonidan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirib, katalonlarni oldinga olib chiqdi. Mazkur gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Barselona” ochkolarini 79 taga yetkazib oldi va peshqadam “Real”dan bir ochko ortda qolmoqda. Madridliklar bu turda “Granada” maydoniga safar qiladi.

La Liga

36-tur bahslari

11-iyul, shanba

“Valyadolid” — “Barselona” 0:1

Gol: 0:1 – 15 Vidal.

“Valyadolid”: Masip, Raul Garsiya (Nacho Martines, 25), Moyyano, Sanches, Xoakin Fernandes (Ervias, 46), Alkaras (Unal, 46), San-Emeterio, Kike Peres, Olivas, Gvardiola (Sandro Ramires, 61), Plano (Valdo Rubio, 80).

“Barselona”: ter Shtegen, Alba, Semedu, Pike, Serxi Roberto, Puch (Rakitich, 57), Vidal, Buskets (Firpo, 74), Langle (Arauxo, 57), Messi, Grizmann (Suares, 46).

Ogohlantirishlar: Langle (40), Alkaras (45), Kike Peres (65), Alba (78).

“Osasuna” — “Selta” 2:1

Gollar: 0:1 – 10 Santi Mina, 1:1 – 23 Galego, 2:1 – 90 Arnais.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!