AQSh xorijdagi aktivlar nazorati boshqarmasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida inson huquqlari me’yorlarining buzilishi sabab mazkur viloyatdagi amaldorlarga nisbatan yangi sanksiyalar qo‘lladi. Bu haqda boshqarmaning rasmiy saytida xabar qilingan.

Foto: AP Photo

Xabarga ko‘ra, sanksiyalar AQShdagi “Global Magnitskiy” qonuni doirasida qo‘llanilgan, unga muvofiq bu kabi cheklovlar inson huquqlari poymol qilingan davlatlarga nisbatan joriy qilinadi.

Bundan tashqari, sanksiyalarga Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Siyosiy byuro markaziy kengashi partiya qo‘mitasi kotibi Chen Syuango, Xavfsizlik boshqarmasi sobiq partiya kotibi Xo Lyuszyun, ushbu boshqarma direktori va partiya kotibi Van Minshan hamda hudud partiyasi sobiq kotibi muovini Chu Xaylun ham uchragan.

“Mazkur tashkilot va mansabdorlar Shinjondagi etnik ozchilikni qiynoqqa solganlik, inson huquqlarini kamsitishda ishtirok etgan, ular asossiz ravishda odamlarni hibsga olish va ularga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatilishiga bevosita aloqador, shuningdek, uyg‘urlar – turk musulmon aholisi, Shinjonning tub aholisi va hududdagi boshqa etnik ozchilikni qiynoqqa solgan”, – deyiladi AQSh davlat idorasining xabarida.

Sanksiyalar AQSh yurisdiksiyasiga kiradigan yuqorida bayon etilgan mansabdorlar va tashkilotlarning aktivlarini muzlatish, ularning ish kontaktlarini taqiqlash va AQSh hududiga kirishini taqiqlashni nazarda tutadi.

AQSh Tibetda va Uyg‘ur-Shinjon viloyatida uyg‘urlar va boshqa musulmon guruhlariga nisbatan inson huquqlarini buzganlik uchun Xitoyga nisbatan sanksiyalar qo‘llashini bildirgan. Shuningdek, Xitoy ishlab chiqqan Gonkongning yuqori avtonomiyasini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasiga ham e’tiroz qilgan. Xitoy hukumati barcha ayblovlarni inkor etib, tanqidlarga javoban mamlakatning ichki siyosatiga aralashmaslikni so‘ragan.