Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yilning birinchi yarim yilligida naqd pul muomalasi bo‘yicha tahliliy sharhni e’lon qildi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, 2020-yil aprel oyida banklar kassalariga naqd pul tushumining mart oyiga nisbatan qariyb 41 foizga kamayishi kuzatilgan. Iyun oyida aprelga nisbatan 85 foizga ko‘payib, 14,6 trillion so‘mni tashkil etgan.

Biroq iyun oyidagi ko‘rsatkich karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatdan (2020-yil yanvarda 15,8 trillion so‘m ) biroz kam. Shuningdek, bu ko‘rsatkich epidemiologik holatning yaxshilanishi va karantin talablarining yumshatilishi ortidan keyingi oylarda ijobiy tomonga yana o‘zgarishi mumkin.

Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi.

Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi.
Diagramma: Markaziy bank

Naqd pul tushumlarining iyun oyida aprelga nisbatan o‘sish hajmidan qariyb 3,5 trillion so‘m savdo va pullik xizmatlardan, 1,4 trillion so‘m bank xizmatlari bo‘yicha tushumlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Bu “yashil” va “sariq” hududlardagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatining qayta tiklanishi hamda avtomashinalar harakatiga nisbatan taqiqlarning yumshatilishi, shuningdek, aholi tomonidan bo‘sh mablag‘larni bank omonatlariga, kreditlarning qaytarilishiga hamda naqd chet el valyutasini sotib olishga yo‘naltirilishi hisobiga yuzaga keldi.

Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi (2018—2020-yil yanvar-iyun oylari)

Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi (2018—2020-yil yanvar-iyun oylari)
Diagramma: Markaziy bank

2020-yilning aprel oyida banklar kassalari (shu jumladan, bankomatlar) orqali chiqim qilingan naqd pullar mart oyiga nisbatan 35 foizga kamayishi kuzatilgan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatkich aprel oyiga nisbatan 53 foizga ko‘payib, 14,8 trillion so‘mni tashkil etgan.

Naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning tarkibiy dinamikasi.

Naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning tarkibiy dinamikasi.
Diagramma: Markaziy bank

2020-yilning iyun oyida bank kartalariga jami 15,9 trillion so‘mlik mablag‘ kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 6,1 trillion so‘m aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi.

Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi.
Diagramma: Markaziy bank

Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish hajmi dinamikasi.

Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish hajmi dinamikasi.
Diagramma: Markaziy bank

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi