Vazirlar Mahkamasining 3-iyuldagi tegishli qaroriga asosan Toshkent farmatsevtika instituti rektori lavozimiga Kamol Rizayev Saidakbarovich tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Kamol Rizayev 1972-yilda tug‘ilgan. 1995-yilda Rossiya davlat tibbiyot universitetini shifokor-pediatr mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)