O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov “Ufa” klubining iyun oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: “Ufa”

19 yoshli futbolchiga muxlislarning 31,6 foizi ovoz bergan. Oston so‘rovnomada darvozabon Aleksandr Belenov (22%) va yarim himoyachi Daniil Fominni (12,4%) ortda qoldirgan.

O‘runov iyun oyida “Ufa”ning ikkita o‘yinida qatnashdi. “Tambov” (2:1) va “Spartak” bilan (0:0) o‘yinlarda futbolchi samarali harakat amalga oshirmadi, biroq yorqin o‘yini bilan ajralib turdi. O‘runov ikkala o‘yinda ham dribling va yakkakurashlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarda yetakchi bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!