Amerikalik UFС jangchisi Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Sen va oilangga samimiy hamdardlik bildiraman. Habib, ruhiyatingni tushirma, og‘ayni. Otang Abdulmanap Nurmagomedovga hurmatimni izhor etaman. Biz yana raqobatlashsak, u birinchi qatorda bo‘ladi deb umid qilaman”, — deb yozadi Fergyuson o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul, juma kuni 57 yoshida vafot etdi. U Dog‘istonning Qizilyurt tumanidagi ona qishlog‘i — Kirovaulga dafn etildi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)