Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 44 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 13 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, jami 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3495 nafar bemor sog‘aygan.

Buxoro viloyatida esa COVID-19’dan tuzalganlarning soni 504 nafarga yetgan.

Samarqand viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 400 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 74 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.

1-iyul kun davomida 165 nafar (avval 55 nafar bemor tuzalgandi) bemor COVID-19’dan tuzalib, O‘zbekistonda infeksiyadan sog‘ayganlarning umumiy soni 5847 nafarga yetdi.

Avval O‘zbekistonda 2020-yil 1-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 44 nafarga ko‘payib, 8671 kishini tashkil qilgani haqida xabar berilgan.

15-martdan hozirga qadar jami 26 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.