O‘zbekistonda 1-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 8627 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

  • 85 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida,
  • 24 nafari Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida),
  • 2 nafari Toshkent viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi),
  • 5 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida),
  • 7 nafari Xorazm viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida),
  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 5682 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (66 foiz) sog‘aygan, hozirga qadar 26 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Hozirda mamlakatda 2919 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.