Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga 2020-yil 1-iyul soat 00:01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida viloyat va tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan.

Avval Nukus shahrida karantin choralari kuchaytirilishi, Buxoroda transportlar qatnovi va bozorlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani, O‘zbekistonning “sariq” hududlarida soat 22:00 dan keyin maxsus ruxsatnomasiz yurgan avtomobillarga qarshi nazorat kuchaytirilishi haqida xabarlar berilgan.