Darvozabon Janluiji Buffon va himoyachi Jorjio Kyellini “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti e’lon qildi.

42 yoshli Buffon va 35 yoshli Kyellini bilan 2021-yilga qadar mo‘ljallangan bitim imzolangan.

Foto: Twitter/@juventusfc

Foto: Twitter/@juventusfc

Kyellini 2005-yildan buyon Turin klubida faoliyat yuritadi. Markaziy himoyachi undan avval “Livorno” va “Fiorentina”da o‘ynagan.

Futbolchilik faoliyatini “Parma”da boshlagan Buffon 2001-yilda “Yuventus”ga o‘tgan va 2018-yilga qadar jamoa safida harakat qilgan. 2018/19-yilgi mavsumni PSJda o‘tkazgan Jiji o‘tgan yili “keksa sinyora” safiga qaytgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!