Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida yana 6719 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabi xabar berdi.

Foto: Central Asia

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus tarqalishni boshlaganidan buyon kasallikka chalinganlarning umumiy soni 641 156 kishiga yetdi. Hozirga qadar 403 430 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan (o‘tgan bir sutkaning o‘zida 4343 kishi). Shuningdek, mamlakatda 9166 bemor COVID-19 qurboniga aylangan (o‘tgan bir sutkada 93 kishi).

Bundan tashqari, bir sutka davomida koronavirusga 289,4 mingta test o‘tkazilgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada o‘tkazilgan testlar soni 19,3 milliondan oshdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin har uch kunda koronavirusga test topshirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 million kishidan, virus qurbonlari esa 500 ming kishidan oshdi.