Oldingi o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, bolalar musiqa va san’at maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning umumiy soniga nisbatan 25 foizigacha miqdorda kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bepul o‘qishi mumkin edi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, endilikda, qarorlarga o‘zgartirish kiritilgan holda nogiron bolalar, shu qatorda ko‘zi ojizlar ham Bolalar musiqa va san’at maktablarida bepul tahsil olishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda respublika bo‘ylab Bolalar musiqa va san’at maktablarida 355 nafar nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar tahsil oldi, shundan 320 nafari ko‘zi ojiz bolalar hisoblanadi.
2020—2021-o‘quv yillariga Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish istagini bildirgan nogironligi bor 650 nafargacha o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan.
Izoh (0)