Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda so‘nggi ikki yil ichida tez tibbiy yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmagani sababli 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan. Oxirgi uch yilda haydovchilar tomonidan maxsus avtotransport vositalariga yo‘l bermaslik bilan bog‘liq 700 dan ziyod holat aniqlangan. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva 19-iyun kuni Senatning beshinchi yalpi majlisida ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Aslida har qanday holatda ham ularga yo‘l berish kerak. Biroq ularni o‘tkazib yuboraman, deb boshqa haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolmoqda”, — dedi Senat raisi.

Tanzila Norboyevaning ta’kidlashicha, haydovchilar maxsus avtotransport vositalarini o‘tkazib yuborib qoida buzsa ham jarima to‘laydi, qoidani buzmaslik uchun ularga yo‘l bermasa ham jarima to‘laydi.

Majlisda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmurodov “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni taqdimot qildi. Mazkur qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.

“Amaliyotda ko‘p kuzatiladi: tez yordam, o‘t o‘chirish xizmatlari va boshqa xizmatlarning avtomashinalariga yo‘l berish, ularni tez o‘tkazib yuborish jarayonida biror qoida buzilsa va videokameralarga tushib qolsa, haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolmoqda. Katta jarimalar to‘langan hollari ham mavjud. Bu masalada bizga ham ko‘plab murojaatlar kelgan”, — dedi senator.

Ma’lum qilinishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimchalar ana shunday holatlarni bartaraf etishga qaratilgan. Agar haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketish uchun yo‘l bergani sababli yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etiladigan bo‘lsa, ular buning uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Bunda haydovchining huquqbuzarligi o‘ta zarur holatlarda sodir etilgan deb hisoblanadi va ma’muriy ish tugatiladi.

Tanzila Norboyevaning ta’kidlashicha, mazkur qonunni qabul qilish muammoni hal qilishning bir qismi sanaladi. Yo‘llardagi tartib-intizomga faqatgina qoidabuzarlikni qayd etib, jarima undirish bilan erishib bo‘lmaydi. “Bugun qonun chiqsa, ertadan boshlab haydovchilarni jazoga tortish kerak emas. Avvalo, tushuntirish, o‘rgatish, ogohlantirish kerak”, — dedi Tanzila Norboyeva.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 2020-yilning yanvar oyida tez tibbiy yordam xizmati chaqiriqlarni avtomatik qabul qilish va ijro etish bo‘yicha to‘liq raqamlashtirilgan hamda 150 ta maxsus Ford avtomobili bilan ta’minlangandi. Ushbu tizimni 2020—2021-yillarda respublikaning barcha hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi