Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Prezidentining “Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilindi.

Ushbu imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan mazkur qaror e’lon qilingunga qadar olib kirilgan “bojxona ombori” rejimida 6 oydan ko‘p turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojxona rasmiylashtiruvida ham qo‘llaniladi.

Avtomobillardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda imtiyoz berilishi munosabati bilan to‘lanmagan import bojxona boji summasi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda davlat budjetiga undirib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 2020-yilning yanvar oyida tez tibbiy yordam xizmati chaqiriqlarni avtomatik qabul qilish va ijro etish bo‘yicha to‘liq raqamlashtirilgan hamda 150 ta maxsus Ford avtomobili bilan ta’minlangandi. Ushbu tizimni 2020—2021-yillarda respublikaning barcha hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etish rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar