• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligi “Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini e’lon qildi

    Adliya vazirligi “Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi

    Foto: O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi

    Ushbu qonunning maqsadi aholining shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish (shaxsiy tomorqa xo‘jaligi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi aholi tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish bilan bog‘liq mehnat faoliyatidir.

    Shaxsiy tomorqa xo‘jaligini yuritish tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi hamda shaxsiy tomorqa xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi. Shaxsiy tomorqa xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan shaxs o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi band qilish tariqasida rasmiylashtirishi mumkin.

    Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi egasi tomonidan unga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilgan va qayta tayyorlangan mahsulotlar uning xususiy mulki hisoblanadi.

    Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi faoliyati quyidagi yerlarda amalga oshirilishi mumkin:

    a) dala tomorqasi:

    • mazkur qonun qabul qilinguniga qadar aholi punktlarining yerlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish maqsadlarida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasi;
    • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yoki o‘rmon fondi yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida 0,06 gektargacha ajratilgan yer uchastkasi;
    b) uy-joy tomorqasi — yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasi.

    Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalari yoki ularning bir qismi shunday huquq saqlab qolingan holda jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanish uchun ijaraga berilishi mumkin.

    Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalari yoki ularning bir qismini vaqtincha foydalanish uchun ijaraga berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Shaxsiy tomorqa xo‘jaligini yuritishda yer uchastkalaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

    • shaxsiy tomorqa xo‘jaligini erkin va mustaqil yuritish, shu jumladan, o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mustaqil tasarruf etish, ularning narxini mustaqil belgilash, shuningdek, ulardan olingan daromadni mustaqil tasarruf etish;
    • yetishtirilgan yoki qayta ishlangan mahsulotlarni bozorlarda, savdo shoxobchalarida o‘zlari yoki ularning vakillari tomonidan hech qanday to‘sqinliksiz erkin realizatsiya qilish;
    • meva-sabzavotchilik klasterlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, meva-sabzavotchilik kooperatsiyalariga a’zo bo‘lish;
    • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, shu jumladan, imtiyozli kreditlar, ajratiladigan subsidiyalardan va boshqa preferensiyalardan foydalanish;
    • O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik badali to‘lamagan holda a’zo bo‘lish;
    • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va realizatsiya qilishda “Shaxsiy tomorqa xizmati” tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish;
    • shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida yengil konstruksiyali issiqxona qurish, bunda davlat organlarining, shu jumladan, arxitektura-qurilish, ekologiya, sanitariya-gigiyena, yong‘inga qarshi kurash organlarining roziligi talab etilmaydi;
    • suv resurslaridan foydalanish.
    Shaxsiy tomorqa xo‘jaligini yuritishda yer uchastkalaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik yuritishda yer uchastkalaridan foydalanuvchilarga nisbatan joriy etiladigan ushbu huquqlar, erkinliklar va imtiyozlar yer uchastkasiga nisbatan boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra egalik qilib, shaxsiy tomorqa xo‘jaligi yuritayotgan shaxslarga nisbatan ham joriy etiladi.

    Shaxsiy tomorqa xo‘jaligini yuritishda yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

    • shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanish;
    • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish choralarini ko‘rish;
    • suv resurslaridan oqilona foydalanish;
    • uy-joy qurish huquqisiz berilgan yer uchastkalarida bino-inshootlar qurmaslik;
    • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ekologiya, sanitariyaga oid talab va qoidalarga rioya etish.
    Shaxsiy tomorqa xo‘jaligini yuritishda yer uchastkalaridan foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni O‘zbekistonda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi bo‘yicha hujjat qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, mamlakatda tomorqa yerlardan unumli foydalanmagan fuqarolar jarimaga tortiladi. Bu esa ko‘plab e’tirozlarni keltirib chiqargandi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston tumanlarida “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etiladi
    • O‘zbekistonda issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar ajratiladi
    • “Tomorqachilikni ma’muriy jazo va qo‘rqitish yo‘li bilan rivojlantirib bo‘lmaydi” — O‘zLiDeP vakili

    19.06.2020, 15:08   Izoh (0)   39822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar IIBB “Saxovat va ko‘mak” harakati aks etgan suratlarida ba’zi niqoblar fotoshop qilinganini tan oldi

    19.06.2020, 14:36

    Fanlar akademiyasi tasarrufida Davlat va huquq instituti tashkil etiladi

    19.06.2020, 14:07

    Surxondaryodagi qo‘riqxonada sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga ikkita vertolyot va 200 nafar harbiy xizmatchi jalb etildi (video)

    19.06.2020, 11:54

    Bekobodda FVV xodimi suvga cho‘kayotgan bolakayni qutqarib qoldi

    19.06.2020, 11:29

    Toshkentda yana 61 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 5855 kishiga yetdi

    19.06.2020, 10:08

    Buxorolik frilanser 2023-yilgacha 6 mingdan ortiq dasturchi va dizayner tayyorlab, xorijga IT xizmatlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda

    19.06.2020, 09:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.