Avstraliyaning Face Bra kompaniyasi o‘z mijozlariga yuzdagi ortiqcha yog‘ to‘qimasi (ikkinchi iyak)dan bir kunda xalos etadigan uskunani taklif etmoqda, deb yozadi Daily Star.

Foto: Daily Star

Uskuna matodan ishlangan bo‘lib iyak ostidan o‘tkazilib, boshga mahkamlanadi.

Uskuna taqib yurilsa, ortiqcha yog‘ to‘qimasi bir kunda bir santimetrga kichrayadi.

Bundan parhez qilish yoki sport zalga borib mashq qilish talab qilinmaydi. Kerakli natijaga limfa tizimi faoliyatining yaxshilanishi hamda teri ostida yig‘ilgan yog‘ning ter bilan chiqib ketishi hisobiga erishiladi.

Ushbu uskunaning narxi 16 funt sterling (20 dollar)ni tashkil etadi.