Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-iyun kuni tunda Qamchiq dovoni Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 261 kilometrida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, 42 yoshli farg‘onalik haydovchi boshqaruvidagi Damas Toshkent tomon harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan. Avtohalokatga Damas haydovchisining uxlab qolgani sabab bo‘lgan. Avariya oqibatida yengil mashina haydovchisi salonda tiqilib qolgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro mashina salonidan chiqarib olingan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborilgan. FVV xabariga ko‘ra, haydovchi jiddiy jarohat olmagan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Avval Qamchiq dovonidagi mudhish YTHda 3 ta yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida uchala haydovchi ham vafot etgani, dovonda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan Damas ham orqa, ham old tomondan yuk mashinalari bilan to‘qnashgani, yuk mashinasi yonib ketgani haqida xabarlar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda