Daryo

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Volvo rusumli yuk mashinasining kabina qismidagi yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish120 850 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

30-aprel kuni soat 00:50 larda Guliston—Bo‘ka—Angren–Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, Volvo rusumli yuk mashinasining kabina qismidagi yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yuzaga kelgan.

Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelib, yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida yuk mashinasi haydovchisiga hech qanday jarohat yetmagan.

Avvalroq Chilonzorda texnik nosozlik sababli Damas yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar