Boks bo‘yicha Jahon hamda Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mirazizbek Mirzahalilov 9-iyun kuni uylandi.

Foto: Instagram

Boks federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sportchi Farg‘onada bokschi do‘stlari uchun kichik davrada bazm tashkil qilib bergan. Unda Mirzahalilovning terma jamoadagi sheriklari va boks federatsiyasi vakillari ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Mirzahalilov 2019-yilning aprel oyida Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, o‘sha yilning sentabrida Yekaterinburgda o‘tkazilgan Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, sportchi Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari—2018 chempioni hisoblanadi. Mirazizbek mart oyida Iordaniyada bo‘lib o‘tgan litsenzion musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritgan holda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.