“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
19:45, 21.09.2019 18631

Ikkinchi oltin! Mirazizbek Mirzahalilov kubalik raqibini yengib, Jahon chempioni bo‘ldi

Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining -57 kg vazn toifasida final jangi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Mirazizbek Mirzahalilov hal qiluvchi jangda kubalik uch karra Jahon chempioni Lazaro Alvares Estradaga qarshi ringga chiqdi. Miraziz 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi. 2-raundda esa kubalik bokschi jarohat olib, jangni davom ettira olmadi. Hakamlar esa Mirazizbekning g‘alabasini qayd etdi.

Shu tariqa Mirzahalilov ham Shahobiddin Zoirov singari O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni yozib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi final jangida ringga chiqadi:

  • -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) — Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston)
  • +91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) — Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)

Jang videosini “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’da tomosha qilishingiz mumkin.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar