Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bir nafar bemorni davolashga XXR budjetidan 3,2 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanmoqda. Ayrim holatlarda og‘ir kasallanganlarni davolash uchun 140 ming dollargacha pul ishlatilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bergan.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Xitoyda koronavirus infeksiyasi tarqala boshlaganidan buyon 84 ming nafar odam koronavirusga chalingan, shu vaqtgacha 4,6 ming kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

“31-mayda berilgan ma’lumotlar bo‘yicha taxminan 58 ming nafar bemorni davolash uchun tibbiy sug‘urta mablag‘lari sarf qilingan. Umumiy sarf-xarajatlar 1,35 milliard yuanni (190,6 million dollar) yoki bir kishi uchun 23 ming yuanni (3,2 ming AQSh dollari) tashkil qilgan”,— deyiladi XXR davlat kengashining “COVID-19’ga qarshi kurash: Xitoyda amalga oshirilgan chora-tadbirlar” Oq kitobida.

O‘rtacha hisoblaganda og‘ir ahvoldagi bemorni davolashga taxminan 21,2 ming dollar sarflangan. Pandemiyaga qarshi kurashishga mamlakat budjetidan 22,9 milliard AQSh dollari ajratilgan.Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq dastlabki holatlar Xitoyda 2019-yilning dekabr oyi oxirida qayd etilgan. Kasallikning mamlakat miqyosida tarqalishining cho‘qqisi 2020-yil fevral oyiga to‘g‘ri keladi. Iyun oyi boshida virusning eng birinchi o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahridagi oxirgi bemor ham kasallikdan tuzaldi. Oxirgi ikki hafta davomida mamlakat bo‘ylab kasallanish holatlari juda kam qayd etilmoqda. Butun Xitoy hududi past epidemiologik xavf zonasiga aylangan.Aprel oyida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan o‘rta ahvoldagi har bir bemor uchun 32 million so‘mdan mablag‘ sarf qilinayotgani, jonlantirish bo‘limida yotgan og‘ir ahvoldagi har bir bemorga o‘rtacha 64 million so‘mdan mablag‘ ishlatilayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, vazir karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantin davri uchun 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemor tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan sarflanayotganini aytgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda