Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Melaniya Trampning​ tashqi ko‘rinishiga qarab 50 yoshda ekaniga ishonish qiyin. AQSh birinchi xonimi​ fast-fud iste’mol qilsa ham qomatining buzilmasligi to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq, deb yozadi Cosmopolitan.

Foto: BFM

Foto: BFM

Ta’kidlanishicha, burgerlar, Nyu-Yorkdagi Jean Georges restoranining qovurilgan tovuqlari hamda shakarsiz kolani kanda qilmasligini aytmaganda, Melaniya to‘g‘ri ovqatlanishni hayot tarziga aylantirgan va bunga qat’iy parhez sifatida qaramaydi.

“Men sog‘lom mahsulotlarni, ularni iste’mol qilgandan keyin o‘zimni energiyaga to‘la va salomat his qilganim uchun ham yaxshi ko‘raman”, — deydi u.

Tramp xonim nonushtaga klechatkaga boy suli yormasi hamda vitamin va antioksidantlar manbayi bo‘​lgan smuzi yeyishni abzal biladi, tongda foydali va energiyaga to‘la nonushta qilgani uchun ham kun bo‘yi ochlikni his qilmaydi.

Shuningdek, tushlikka baliq va dengiz mahsulotlari hamda sabzavotlar, kechki ovqat uchun esa klechatka miqdori yuqori bo‘lgan salatlar tanovul qiladi. Bundan tashqari Melaniya modellik karyerasining boshida kuniga uch litrga yaqin suv ichgan.

Uning so‘zlariga qaraganda, bir necha yildan beri tennis, suzish va yoga bilan shug‘ullangani sabab ham farzandi Berron dunyoga kelganidan keyin qomatini tiklash qiyin bo‘lmagan. Metabolizmni yaxshilaydigan — yalpiz, limon, suv va bug‘doydan tayyorlangan kokteyl qomatini tonusda bo‘lishiga yordam beradi.

Ratsioni hamisha mevalarga boy bo‘lgan xonim ham boshqalar kabi qora shokolad va muzqaymoq yeb turadi. “Ratsioningiz asosini foydali mahsulotlar tashkil qilsa, vaqti-vaqti bilan shirinlik va zararli mahsulotlar yeb turishning yomon tarafi yo‘q”, — deydi birinchi xonim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)