Iyun oyining dastlabki haftasida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz.

AQShning Portlent shahrida rasizm va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyish ishtirokchilari.

Foto: AP Photo

So‘x tumanida qirg‘izistonliklar bilan buloq tufayli kelib chiqqan janjaldan so‘ng bosh vazir Abdulla Aripov so‘xliklar bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi.

Foto: So‘x tumani hokimligi axborot xizmati

Nyu-Yorkdagi suvenir do‘konining singan oynalari orasidagi Ozodlik haykali suveniri. Politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida halok bo‘lgan Jorj Floydning o‘limi tufayli yuz bergan tartibsizliklarda do‘kon talon-toroj qilingan.

Foto: AFP

Indoneziyaning Pekanbaru shahridagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limi xodimlari himoya kostyumlarida dam olmoqda.

Foto: Reuters

Jorj Floydning vafoti munosabati bilan o‘tkazilayotgan Texasdagi namoyishda ot minib olgan namoyishchilar.

Foto: Reuters

6-iyun kuni Farg‘onada Prezident raisligidagi faollar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev vazifasidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Shuhrat G‘aniyevning o‘zi ham bu vaqtda yig‘ilishda ishtirok etgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

AQShning Vayoming shtatidagi Yelloustoun milliy bog‘idagi mashina yo‘lidan harakatlanayotgan bizonlar va ularning buzoqchalari.

Foto: Getty Images

Donald Tramp Oq uy yaqinidagi avliyo Ioan yepiskopik cherkovi tomon Lafayett bog‘i bo‘ylab harakatlanmoqda. Prezident cherkov yonida Injil bilan suratga tushishi uchun politsiya namoyishchilarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatib yubordi.

Foto: Reuters

Peruning Kalyao shahrida koronavirusga chalingan odamlarning qarindoshlari kislorod ballonini to‘ldirib olish uchun navbatda turibdi.

Foto: AFP

Turkiyaning Nevshehir shahridagi avtokinoteatrda odamlar o‘z mashinasida film tomosha qilmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Minneapolisda Jorj Floydning o‘limi tufayli o‘tkazilayotgan namoyish vaqtida avtosisterna to‘g‘ri namoyishchilar ustiga haydaldi. Hodisa oqibatida namoyish ishtirokchilaridan hech kim jarohat olmagan.

Foto: Reuters

Braziliyaning San-Paulu shahridagi qabristonda himoya kostyumlaridagi go‘rkovlar koronavirusdan vafot etgan 48 yoshli Xose Soaresning jasadini ko‘mmoqda.

Foto: Reuters

Suriyaning Turkiya bilan chegarasi yaqinida harbiy mashinalarni kuzatayotgan bola.

Foto: AFP

Jorj Floydning vafoti munosabati bilan Londonda o‘tkazilgan Black Lives Matter norozilik namoyishida qo‘l ushlashib turgan erkak va ayol.

Foto: Reuters

Amsterdamdagi restoranda tushlik qilayotgan mijozlar.

Foto: AP Photo

Belgiyaning Luven-la-Nyov universiteti talabasi sport zalida tashkil etilgan imtihonda ishtirok etmoqda.

Foto: AFP

Vashingtonda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari vaqtida politsiyachilarning oldida mushak portladi.

Foto: AFP

Jorj Floydning vafoti munosabati bilan o‘tkazilayotgan namoyishlar vaqtida Los-Anjelesdagi muzey yonida qo‘riqchilik qilayotgan Milliy gvardiya vakili.

Foto: AP Photo

Indoneziyada yuz niqoblari sotuvchisi xaridorlarni poylamoqda.

Foto: AFP

Ruminiyadagi avtokinoteatrda film boshlanishini kutayotgan it.

Foto: AP Photo