Texaslik fuqaro kimoshdi savdosi orqali sotib olgan avtomobilining ichidan o‘nlab kilogramm kokain topib oldi, deb xabar beradi Houston Chronicle.

Foto: Courtesy Of The Webb County Sheriff’s Office

Mahalliy politsiya boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Uebb okrugi sherifining ofisiga Texas shtatidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Erkak musodara qilingan avtomobilni sotib olganini va undan yashirin tuynuk topib olganini bildirgan. U bu tuynukni giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yasagan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelib, 17 ta qadoqda kokain topgan. Dastlabki tekshiruvdan keyin o‘rgatilgan itlar yana 17 qadoq giyohvand moddalarni topishga yordam bergan.

Mashinadan topilgan kokainning umumiy og‘irligi 35 kilogrammga yaqin bo‘lib, qiymati 850 ming dollarga teng.