Google kompaniyasi qo‘shimcha reallik texnologiyasidan foydalanuvchi mobil ilovani taqdim etdi. U odamlarning ijtimoiy masofalanishga rioya qilishida yordam beradi, deb yozadi The Sun.
Sodar nomli virtual ilova yordamida foydalanuvchilar o‘z atrofida virtual doirani chizish orqali ikki metrli oraliq saqlanishiga rioya qilishi mumkin. Kimdir foydalanuvchining shaxsiy doira chegarasini buzsa, dastur bu haqda uni ogohlantiradi.
Dasturchilarning ta’kidlashicha, bu kabi choralarning vizuallashuvi koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin cheklovlariga amal qilinishini sezilarli darajada yengillashtiradi.
Avvalroq Ford kompaniyasi o‘z xodimlari uchun “ijtimoiy masofalanishi”ga yordam beradigan “aqlli” soatni taqdim etgandi.
Izoh (0)