“Barselona” hujumchisi Lionel Messi irqchilikka qarshi qaratilgan #BlackOutTuesday (qora seshanba) fleshmobiga qo‘shildi.

Messi o‘z Instagram’ida #BlackOutTuesday heshtegi ostida qora surat joyladi. Xuddi shu tariqa PSJ forvardlari Neymar va Kilian Mbappe, “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala hamda boshqa bir qator futbol yulduzlari ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlagan.

View this post on Instagram

#BLM #blackouttuesday

A post shared by Leo Messi (@leomessi) on

Mazkur aksiyani musiqa sohasida faoliyat yurituvchi ikki nafar qora tanli ayol — Jamilya Tomas va Brianna Agyemang tashkil qildi. Bu orqali fleshmob ishtirokchisi 2-iyun, seshanba kuni AQSh politsiyasi tomonidan o‘ldirilgan Jorj Floydning vafoti munosabati bilan seshanba kunlari o‘z ijtimoiy tarmog‘ini vaqtincha yopadi.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi Derek Shovin uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!