Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 2020/2021-yilgi mavsumi yangi formatda o‘tkazilishi mumkin, deya xabar bermoqda La Repubblica nashri.

Foto: Getty Images

Manbada aytilishicha, agar yangi mavsum shu yilning 12-sentabrigacha boshlanmasa, A Seriya mutasaddilari ligani ikki divizionga bo‘lish ehtimolini ko‘rib chiqishi mumkin. Bellashuvlar yakunida esa pley-off bosqichi o‘tkaziladi.

Italiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyining avvalida to‘xtat qolgandi. 20-iyundan musobaqani davom ettirishga ruxsat berildi. Shu kuni 25-turning qoldirilgan “Torino” — “Parma” va “Verona” — “Kalyari” uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Turinning “Yuventus” klubi 26-turdan keyin 63 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni “Latsio” (62 ochko) egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Inter” (54 ochko) yakunlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!