Ispaniya La Ligasi 13-iyundan qayta start oladigan mavsumning 28 va 29-turlari taqvimini e’lon qildi.

Foto: La Liga

Unga ko‘ra, “Barselona” 13-iyunda “Malyorka” mehmoni bo‘ladi, “Real” esa bir kun keyin “Eybar”ni qabul qiladi.

28-tur o‘yinlarini 11-iyun, payshanba kungi “Sevilya” — “Betis” uchrashuvi ochib beradi.

Shuningdek, 29-tur bahslari taqvimi ham e’lon qilingan. Mazkur turning markaziy uchrashuvi “Real” va “Valensiya” jamoalari ishtirokida o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Primera bahslari koronavirus pandemiyasi sabab mart oyida to‘xtab qolgandi. 27-turdan so‘ng 58 ochko jamg‘argan “Barselona” musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Real” (56) esa ikkinchi o‘rindan joy olgan.

La Liga

28-tur bahslari

11-iyun, payshanba

“Sevilya” — “Betis” 01:00

12-iyun, juma

“Granada” — “Xetafe” 22:30

“Valensiya” — “Levante” 01:00

13-iyun, shanba

“Espanyol” — “Alaves” 16:00

“Selta” — “Vilyarreal” 20:00

“Leganes” — “Valyadolid” 22:30

“Malyorka” — “Barselona” 01:00

14-iyun, yakshanba

“Atletik” — “Atletiko” 16:00

“Real” — “Eybar” 22:30

“Real Sosyedad” — “Osasuna” 01:00

29-tur bahslari

15-iyun, dushanba

“Levante” — “Sevilya” 22:30

“Betis” — “Granada” 01:00

16-iyun, seshanba

“Xetafe” — “Espanyol” 22:30

“Vilyarreal” — “Malyorka” 22:30

“Barselona” — “Leganes” 01:00

17-iyun, chorshanba

“Eybar” — “Atletik” 22:30

“Valyadolid” — “Selta” 22:30

“Osasuna” — “Atletiko” 01:00

18-iyun, payshanba

“Alaves” — “Real Sosyedad” 01:00

“Real” — “Valensiya” 01:00