Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Instagram sahifasida bolalikdagi suratini e’lon qildi.

“1996-yil, Qizilyurt tumani, Kirovaul qishlog‘idagi maktab yillarim. Ma’lumot uchun, oq bosh kiyim va oq ko‘ylakdagi menman. Cho‘ntak bo‘m-bo‘sh, hazil, bo‘sh emas”, — deya suratga sharh qoldirdi Nurmagomedov.

8 yoshli Habib Nurmagomedov (chapdan birinchi)

Foto: Instagram

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik yakkakurashchi aprel oyida chempionlik kamarini himoya qilish uchun Toni Fergyusonga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq mazkur jang koronavirus sabab bekor bo‘ldi. Natijada Toni UFC 249 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi bahs olib bordi va muddatidan avval mag‘lubiyatga uchrab, raqibiga vaqtinchalik chempionlikni topshirib qo‘ydi. Endilikda kuzda Habib va Getji o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.