Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

27-may kuni Uzbekistan Airways charter reysi bilan Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi. Bu haqda “Dunyo”  agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Foto: “Dunyo” agentligi

Matras va yarim avtomat mexanizmli 20 ta ko‘p funksionalli tibbiyot karavotlaridan iborat yordam Janubiy Koreyaning Myung Sung Placon kompaniyasi ko‘magida shakllantirilgan.

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi mamlakat uchun insonparvarlik yordamini jalb qilishda davom etmoqda. Birinchi navbatda — respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan portativ rentgen uskunalari va boshqa jihozlar.

Ta’kidlanishicha, 126 ming dollar qiymatidagi 15 tonnalik qolgan yuk navbatdagi charter reys tashkil etilishi bilan jo‘natiladi.

Ma’lumot uchun, bu insonparvarlik yordamining to‘rtinchi partiyasi bo‘lib, 23-may kuni Uzbekistan Airways’ning cherter reysi orqali ham insonparvarlik yordami keltirilgan edi. Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi aprel oyi oxirlarida, ikkinchi partiyasi esa may oyi o‘rtalarida yuborilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston XitoygaErongaAfg‘onistongaQirg‘izistongaTojikistongaBelarusgaOzarbayjongaVengriyaga insonparvarlik yordami jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun XitoyBAA va AQShdan yordam oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi