Dunyodagi eng keksa davlat rahbari hisoblangan qirolicha Yelizaveta, tetikligi va tashqi ko‘rinishi bilan barchani lol qoldiradi. Byuti ekspert Styuart Mayls, 94 yoshda bo‘lishiga qaramay faol hayot kechiradigan qirolicha qanday qilib bunday natijaga erishgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Foto: Harper’s Bazaar

Ekspertning Hello nashriga ta’kidlashicha, jadval bo‘yicha ovqatlanishga amal qiladigan hazrati oliyalari, imkoniyat bo‘lishidan qat’i nazar hech qachon qo‘shimcha taom iste’mol qilmaydi. Bundan tashqari, qirolicha uchun soch turmagi ham muhim ahamiyatga ega va shu sabab uzoq yillardan beri turmagini o‘zgartirmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Yorqin, rang-barang liboslar kiyish qirolichani yanada energiyaga to‘​la qilib ko‘rsatadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Qirolicha yuzidan nur yog‘ilishing siri uning tabassumi bilan bog‘liq. Yelizavetaga xos bo‘lgan hazilkashlik uni hech qachon tark etmagan, deb qo‘shimcha qiladi Styuart.

Foto: Harper’s Bazaar

Uning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq yana bir sir shundaki, qirolicha butun hayoti davomida quyoshdan, xususan, ultrabinafsha nurlaridan saqlangan. Bunga quyoshli ochiq hududlarda bo‘lib o‘tgan tadbir yoki uchrashuvlarda shlyapa kiygan va soyabon tutgan suratlar misol bo‘la oladi. Qirolicha ta’tilni issiq bo‘lmagan o‘lkalar, masalan, Shotlandiyada o‘tkazadi.