• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Rossiyalik olimlar neytrino zarrasining kelib chiqishini aniqladi

    Neytrino elementar zarrachalar ichida eng uzoq va katta jonbozliklar evaziga qidirilayotgan zarracha bo‘lib, uning ayrim xossalari fizika qonunlariga zid kelishi taxmin qilinadi. Fanda, shuningdek, ushbu tutqich bermas sirli zarrachaning koinotda qayerdan kelib chiqishi haqidagi savol ham ochiq qolayotgan edi.

    12-may sanasida Astrophysical Journal jurnalida rossiyalik olimlar Rossiya Fanlar Akademiyasi tarkibidagi Lebedev nomidagi Fizika instituti, Moskva fizika-texnika instituti (MFTI) hamda Yadroviy tadqiqotlar instituti olimlaridan iborat ilmiy guruh tomonidan e’lon qilingan maqolada ta’kidlanishicha, ular neytrino zarrachasining kelib chiqish manbasini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. “Daryo” mavzuga doir maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Neytrino — eng kichik elementar zarra bo‘lib, u koinot bo‘ylab yorug‘lik tezligida tarqaladi. Neytrino haqida hali fanga ko‘p narsa ma’lum emas va hatto uning aniq massasi ham aniqlanmagan. Bunday strukturasiz zarrachalar tirik organizmlar uchun zararsiz deb hisoblanadi. Chunki u bizning tanamizni ham, xona devorlari-yu, umuman, istalgan materialdan tortib butun boshli sayyoramiz diametridan ham muttasil teshib o‘tib turadi, lekin hech kim, hech narsa uni sezmaydi.

    Chunki uning massasi deyarli yo‘qdek bo‘lsa-da, baribir o‘zi mavjud! Neytrinoni tutish yoki uni shunchaki qayd qilishning o‘zi deyarli imkonsiz narsa. Hozirgacha neytrinoning bizga ma’lum manbasi sifatida Quyosh qaralar edi. Undagi termoyadro reaksiyalari natijasida neytrino ham uchib chiqadi deb hisoblanadi. Shuningdek, ishlab turgan atom reaktorlaridan ham neytrino chiqib turadi.

    Koinotdan keladigan va yorug‘lik tezligida harakatlanadigan, o‘ta yuqori energiyali (200 trillion elektron-voltdan baland) neytrino hodisalarini qayd qilish uchun sayyoramizning bir necha joylarida ko‘p million dollar qiymatga ega yirik ilmiy-eksperiment tajribaxonalari qurilgan. Lekin ularda ham neytrinoning qayd qilinishi juda kamdan-kam sodir bo‘ladi va sababi yuqorida aytilgandek, neytrino uchun deyarli barcha material shaffof (yo‘qdek) hisoblanadi va u hamma narsaning orasidan, ichkarisidan sezdirmay o‘tib ketadi. Shunday detektorlardan biri Yaponiyada joylashgan Super Kamiokande loyihasi bo‘lsa, yana biri Antarktidadagi 2 km qalinlikdagi muz qatlamlari ostiga barpo qilingan Ice Cube detektoridir.

    Maqolada aspirant Aleksandr Plavin boshchiligidagi rossiyalik olimlar aynan ushbu Ice Cube neytrino rasadxonasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda Qorachoy-Cherkasiya o‘lkasida joylashgan yirik radioastronomik teleskop bo‘lmish “RATAN-600” orqali kvazarlarni kuzatish tahlillarini taqqoslash yo‘li bilan ushbu tutqich bermas zarrachaning koinotdagi kelib chiqish manbasini aniqlagani aytilmoqda.

    Shu paytcha neytrinoni koinotda qanday kuch yorug‘lik tezligigacha bo‘lgan katta tezliklarga erishtirishi haqida faqat taxminlar mavjud edi. Neytrino protonlar ishtirokida hosil bo‘ladi va buning uchun bir shart bajarilishi lozim — protonlar yorug‘lik tezligigacha tezlanishi kerak. Lekin bu juda mushkul vazifa sanaladi, chunki proton nisbatan og‘ir zarracha bo‘lib, u elektrondan deyarli ikki ming marta og‘irdir. Yer sharoitida protonga bunday darajada tezlanish berish uchun katta quvvatli ulkan tezlatgich (kollayder) uskunalar quriladi.

    Koinotda esa protonga pirovardida neytrinoga bunday tezlanish bera oladigan shart-sharoitlar hali aniqlanmagandi. Nazariyotchi fiziklar tomonidan markazida favqulodda o‘ta katta massali qora tuynuk mavjud bo‘lgan galaktikalar — kvazarlar bu ishni uddalashi mumkin, degan taxmin ancha muqaddam bildirilgan. Nazariyaga ko‘ra, materiya Qora tuynukka qulagandan keyin uning ichkarisida protonlar deyarli yorug‘lik tezligigacha tezlanadi va kosmosga qayta uloqtirib tashlanadi. Yorug‘lik tezligida uloqtirib yuborilgan protonning ma’lum qismi o‘ta yuqori energiyali neytrinoga aylanadi. Olimlar neytrinoni qidirishda, gamma-chaqnashlar mayoq sifatida qaralishi kerak, degan fikrda edi. Chunki taxminlarga ko‘ra, neytrino hosil bo‘lishi hodisasi va gamma-chaqnashlar bir paytda sodir bo‘lishi kerak deb o‘ylangan.

    2018-yilda shunday hodisalarning eng birinchisi qayd etilgan. O‘shanda neytrino qayd qilinishi bilan bir vaqtning o‘zida o‘sha tomondan kvazardagamma-chaqnash ham kuzatilgan. Ko‘plab ilmiy jurnallarda katta-katta maqolalar uchun mavzu bo‘lgan o‘sha birinchi va hozircha yagona natijani olimlar anchayin ishonqiramagan ruhda qarshi olgan. Chunki bu shunchaki tasodif bo‘lishi ehtimoli katta edi va fizikada atiga bitta natijaning o‘zi bilan kifoyalanib aniq gap aytish to‘g‘ri emas deb hisoblanadi.

    Vaqt o‘tgani sayin bu holat boshqa kuzatilmadi va oqibatda, o‘shanda haqiqatan ham shunchaki tasodif sodir bo‘lgan edi shekilli, degan fikr kuchayib bordi. Natijada neytrino qayd qilinishi va u bilan bir vaqtda sodir bo‘ladigan gamma-chaqnashlarini izlash emas, balki kvazarladagiradio nurlanishlar chaqnashini qayd qilish kerak degan gipoteza ham o‘rtaga tashlandi.

    Natijada Ice Cube rasadxonasida neytrino qayd qilingan zahoti koinotning qayeridadir kvazarlardan radionurlanish chaqnagan bo‘lishi ehtimoli tekshirila boshlandi. Shunday tahlillar “RATAN-600” teleskopi yordamida qayd qilingan kvazarlardan biridagi radionurlanish chaqnashi hodisasi va Ice Cube rasadxonasida neytrino qayd qilingan lahza bir-biri bilan ustma-ust tushishini ko‘rsatgan. Har ikkala hodisa manbayi esa koinotning bir nuqtasidan kelib chiqqani aniqlangach, olimlar Ice Cube qayd qilgan ellikka yaqin boshqa neytrino hodisalari va o‘sha vaqtga muvofiq keluvchi kvazarlar chaqnashlarini ham taqqoslab chiqqan. Natijada atigi 0,2 foiz xatolik ko‘rsatkichi bilan hammasi juda katta aniqlikda bir-biriga to‘g‘ri kelgan!

    Demak, endilikda butun koinot bo‘ylab muttasil tarqalib turgan va Yerga yetib kelayotgan o‘ta yuqori energiyali neytrinoning manbayi — kvazarlar ekani aniq. Olimlar esa ushbu kuzatuv va tahlillar natijasida olingan ilmiy natijani hali nazariy asoslashi kerak.

    21.05.2020, 21:50   Izoh (0)   17090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Antarktidada “yashil qor” paydo bo‘ldi (video)

    21.05.2020, 21:32

    COVID-19’ga qarshi Tailandda tayyorlangan vaksina AQShda ishlab chiqariladi

    21.05.2020, 07:53

    Gonkonglik olimlar og‘maxonlarda tajriba o‘tkazib, koronavirusdan himoyalanishda niqoblarning samaradorligini isbotladi

    19.05.2020, 15:24

    Isroillik olimlar suvdan antiseptik tayyorlash texnologiyasini yaratdi

    16.05.2020, 10:53

    Koronavirus ko‘proq qaysi qon guruhi vakillarida uchrayotgani ma’lum qilindi

    16.05.2020, 09:10

    Xitoyda koronavirusga qarshi besh xil vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda

    16.05.2020, 08:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.