• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ayg‘oqchi ko‘prigidagi almashuv. Amerikalik razvedkachi Pauersning SSSRdagi sarguzashtlari haqida

    May oyi tarixi siyosiy voqealarga boy. Shulardan biri Sovuq urush bilan bog‘liq.

    1960-yilning 1-may kuni Sverdlovsk osmonida Sovet raketasi Amerika razvedka samolyotini urib tushirdi. Uchuvchi tirik qoldi va u AQSh razvedkasi xodimi ekanini tan oldi. “Daryo” Sovuq urushning eng mashhur josuslik epizodlaridan biri boshlangan davr haqida ma’lumot beradi.

    Pokistondan Orol dengizi bo‘ylab

    Markaziy razvedka boshqarmasining xodimi va koreys urushi faxriysi bo‘lgan o‘ttiz yoshli Frensis Pauers Pokistonning Peshovar shahridagi Amerika aviabazasidan SSSR tomon uchib ketmoqda. U eng so‘nggi Lockheed U-2 samolyotidan foydalangan holda Sovet armiyasining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot to‘playdigan Amerika razvedka dasturining a’zolaridan biri edi. 1-may kuni Pauers odatdagidek SSSR hududi bo‘ylab uchib, harbiy obyektlarni 21 km balandlikdan suratga olishi kerak edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Uning yo‘li sovet—afg‘on chegarasi bo‘ylab Orol dengizi, Chelyabinsk, Kirov, Plesetsk, Murmansk shaharlari orqali davom etib, marshrut so‘ngida samolyot Norvegiyaga qo‘nishi rejalashtirilgandi. Bu vaqtga kelib, uchuvchi bunday parvozlarni juda ko‘p amalga oshirgandi. Oradan, taxminan, to‘rt soatlar o‘tib uning missiyasi to‘xtatildi. Samolyot katta balandlikda bo‘lishiga qaramay, uni Sovet havo mudofaa tizimi payqab qoldi va urib tushirish uchun raketalarni yo‘naltirdi. Ko‘p o‘tmay halokatga uchragan samolyot o‘z bazasi bilan aloqasini yo‘qotib, yerga sho‘ng‘idi.

    “Men yuqoriga qaradim va atrofimda to‘q sariq nurni ko‘rdim. Avvaliga bu fonarning aksimi yoki butun osmon shundaymi, bilolmadim. O‘zimga o‘zim yo Xudoyim, men tamom bo‘ldim, deganimni eslayman”, — deb aytgan edi Pauers keyinroq.

    Rad etish, ko‘nikish, tan olish

    Avvaliga AQSh razvedkasi ushbu voqea haqida hech qanday izoh bermadi. Ammo halokatdan bir necha kun o‘tgach AQShning kosmik agentligi bo‘lmish NASA “Turkiyadan parvoz qilgan samolyot avval texnik muammolar tufayli adashib, so‘ngra halokatga uchragani” haqida matbuot xabarini tarqatdi. Hatto ommaviy axborot vositalarida halokatga uchragan samolyot tasvirlangan fotosurat e’lon qilindi. Agentlikning so‘zlarini Amerika prezidenti Duayt Eyzenxauer ham takrorladi.

    Ammo haqiqiy halokat va NASA bayonotidan bir hafta o‘tgach, Sovet hukumati holat Markaziy razvedka boshqarmasi protokollarida ko‘rsatilganidek emasligini bayon qildi. Aslida, uchuvchi nafaqat o‘lmagandi, balki maxfiy harbiy obyektlarning fotosuratlarini ham yo‘q qilishga ulgurmagan edi. Josus uchuvchini so‘roq qilish jarayonlaridan olingan lavhalar, uning buyumlari, harbiy obyektlar ko‘rsatilgan xaritalari va U-2 samolyotining parchalari Sovet televideniyesida juda ko‘p namoyish etildi. Shundan so‘ng AQSh Pauersni razvedka xodimi deb tan olishga majbur bo‘ldi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Josuslar o‘yini

    Pauers qo‘lga olinishiga qadar Amerika razvedkasi Sovet Ittifoqi hududi bo‘ylab bir necha yil davomida muntazam ravishda uchib yurgan va o‘zi muhim harbiy inshootlar deb hisoblagan obyektlarni suratga olgan.

    1950-yillarga kelib Sovuq urushning har ikki tomonida ham paranoyyalar o‘sib bordi. O‘n yillikning o‘rtalarida esa Qo‘shma Shtatlarda yashovchi kommunistik kayfiyatdagilarga, Amerika rahbariyatini tanqid qilganlar va sotsialistik g‘oyalarni ma’qullaganlarga qarshi keng ko‘lamli siyosiy qatag‘onlar olib borildi. Ochiq televizion eshituvlarda madaniyat va siyosiy arboblar sud qilindi va “kommunistik” faoliyati uchun kasbiy faoliyatdan chetlashtirildi.

    Josuslik mojarolari esa ushbu paranoyyaning yanada ko‘payishiga yordam berdi. 1957-yilda AQSh asosiy sovet josuslaridan biri — Rudolf Abelni fosh etdi. Uni Amerika rasmiylariga o‘zining sobiq hamkori tutib bergan. Abel bir necha yillar davomida agentlar tarmog‘i orqali Amerikaning yadro sanoati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plagan. U josuslikda ayblanib, 32 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Shu bilan birga, AQSh harbiylari va razvedkachilari Sovet Ittifoqi hududida josuslik qilishning yangi usullarini ishlab chiqdi. Sovet havo mudofaasi tizimlari va tutqichlarining takomillashtirilgani sababli endi Amerika samolyotlari SSSR chegaralariga bemalol yaqinlasha olmas edi. Keyinroq esa zamonaviy radar tizimlari kuzata olmaydigan balandlikda, ya’ni 19 kilometrdan baland uchadigan samolyotlar ishlab chiqarish taklif qilindi. Shunday qilib, U-2 samolyotlarini faol rivojlantirish dasturi boshlandi. 1955-yilga kelib amerikaliklar birinchi muvaffaqiyatli sinovlarini o‘tkazdi va 1956-yildan Sovet bloki uzra parvozlar dasturini yo‘lga qo‘ydi.

    KGB yerto‘lasida 

    Markaziy razvedka boshqarmasining hozirda omma uchun ochilgan maxfiy hujjatlariga ko‘ra, agar samolyot bilan biror-bir hodisa yuz bersa yoki uni sezib qolishadigan bo‘lsa, u holda samolyotning yuqori balandlikdagi ob-havoni kuzatish uchun ishlatilganini bahona qilmoqchi bo‘lishgan. Yuqorida aytib o‘tganimiz va OAV larda “suratlari paydo bo‘lgan samolyot” aynan o‘sha reja asosida amalga oshirilgan manyovr edi. Ammo Pauersning yonidan topilgan hujjatlar AQShni noqulay ahvolga solib qo‘ydi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Parijda 1960-yilning may oyi o‘rtalarida SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uchrashuv g‘arbiy va sharqiy bloklar o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishga yordam berishi kutilayotgandi. Ammo Pauers voqeasi sababli ushbu tadbirning kun tartibi tubdan o‘zgarib ketdi.

    Sovet Ittifoqi yetakchisi Nikita Xrushyov AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauerdan uzr so‘rashni va SSSR bo‘ylab josuslik parvozlarini to‘xtatishni talab qildi.

    Aks holda, AQSh prezidentiga yuborilgan Sovet Ittifoqiga tashrif buyurish taklifini qaytarib olishga va’da berdi. Eyzenxauer hech qachon Sovet Ittifoqqa tashrif buyurmagan. Frensis Pauers sud jarayonini kutayotgan paytida Lubyankadagi KGBning ichki qamoqxonasida edi. Uchuvchi keyinroq eslashicha, uni kaltaklashmagan, ammo doimiy ravishda psixologik qiynoqlarga solishgan. Pauersning so‘zlariga ko‘ra, uni deyarli 30 kun davomida so‘roq qilishgan, so‘roq paytida uning ko‘zlariga yorqin nurli projektor yoqib qo‘yilgan.

    Sud

    Pauers ustidan sud jarayoni u qo‘lga olingandan bir necha oy o‘tib — 1960-yilning avgustida boshlandi. Sovet hukumati jarayonni ochiq o‘tkazishga qaror qildi hamda Pauersning onasi va rafiqasiga Moskvaga uchib kelishga ruxsat berdi. Ayblovchi tomon sifatida shaxsan SSSR bosh prokurori Roman Rudenko taklif qilingan. “Amerikalik josus uchuvchi ustidan o‘tkazilayotgan ushbu sud jarayoni, nafaqat shaxsan Pauers tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning fosh qilinishini, balki xalqlarning tinchligi va xavfsizligiga qarshi dahshatli jinoyatlarning haqiqiy ilhomlantiruvchilari va tashkilotchilari bo‘lgan AQSh hukmron doiralarining jinoiy tajovuzkor harakatlarini ham ochib beradi”, degan edi Rudenko sud jarayonida.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Hukm va barter

    Pauers josuslikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukmga ko‘ra, u dastlabki uch yilni Vladimir shahrida o‘ta xavfli jinoyatchilar saqlanuvchi sobiq “Vladimirskiy Sentral” qamoqxonasida o‘tkazishi kerak edi. Ammo uchuvchi qamoqda to‘liq muddat o‘tamadi. Chunki bir necha oylar davom etgan muzokaralardan so‘ng 1962-yilning fevral oyida Frensis Pauers AQShda sudlangan sovet ayg‘oqchisi Rudolf Abelga almashib olindi. Ushbu jarayon gollivudning mashhur “Josuslar ko‘prigi” deb nomlangan filmida to‘liq o‘z aksini topgan.

    Ammo Amerika Qo‘shma Shtatlarida jamoatchilik Pauersni yomon kutib oldi. Chunki AQShga kelgach uni hibsga olingani, samolyot aslida raketa hujumiga uchramagani, Pauersning o‘zi uni SSSR bilan oldindan til biriktirgan holda ixtiyoriy ravishda qo‘ndirgani haqida matbuotda xabarlar tarqab ulgurgan edi. Uchuvchi qaytib kelgach, Amerika maxfiy xizmatlari tomonidan so‘roqqa tutilib, unga qarshi ish qo‘zg‘algani rost. Ammo 1962-yil mart oyida barcha ayblovlar bekor qilinib, Pauers davlat mukofotlariga loyiq ko‘rildi.

    Darvoqe ushbu voqea haqida 2015-yilda “Ayg‘oqchi ko‘prigi” nomli film suratga olindi. Ushbu film tarixiy reallikni haqqoniy ochib bergani bilan diqqatga sazovor.

    Sobiq josusning sirli o‘limi

    Frensis Pauers 48 yoshida 1977-yilning yozida Kaliforniyadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish paytida halok bo‘ldi. Uning boshqaruvidagi vertolyotda yonilg‘i tugab, unga eng yaqin aerodromdan bir necha kilometr narida quladi. Uning o‘limi atrofida ham turli tuman konspirologik nazariyalar yuradi, haqiqatni esa oliy hakam bo‘lgan vaqt ko‘rsatadi...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    21.05.2020, 19:10   Izoh (0)   140853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chechenistonda Ramazon Hayiti bayrami kunlari harakatlanish taqiqlab qo‘yildi

    21.05.2020, 15:12

    AQShda ikkita damba o‘pirilishi oqibatida suv bosgan markaziy ko‘chalar — suratlarda

    21.05.2020, 14:43

    Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshib ketdi

    21.05.2020, 14:13

    Turkish Airlines 10-iyundan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi

    21.05.2020, 13:57

    JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishidan ogohlantirdi

    21.05.2020, 12:41

    Xitoyda bir sutkada 33, Janubiy Koreyada esa 12 kishida koronavirus qayd etildi

    21.05.2020, 11:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.