So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda koronavirus testini qayerda topshirish mumkin va uning narxi qancha?

    18.05.2020, 21:55 100366

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun pullik laboratoriya xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Ma’lumotnoma namunasi.

    Ma’lumotnoma namunasi.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Tasdiqlangan tarif bo‘yicha, COVID-19’ga tahlilni o‘tkazish qiymati 224 415 so‘mni tashkil etadi. To‘lov terminal yoki bank to‘lov kvitansiyasi orqali amalga oshiriladi. Xizmat uchun naqd pul to‘lash taqiqlanadi.

    Test narxi qanday aniqlanadi?

    Koronavirus bo‘yicha tekshiruv Novel Coronavirus (2019-nCOV) Nucleic Acid Diagnostic Kit PZR (polimer zanjir reaksiyasi) tahlili uchun reagentlar jamlanmasi hamda Xitoyning Sansure Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan RNK ekstraksiyasi uchun reagentlar jamlanmasi yordamida olib boriladi.

    Xizmat narxini hisoblab chiqishda test o‘tkazadigan mutaxassislar — shifokor (3,47 million so‘m), laborant (2,2 million so‘m) va farroshning (1,43 million so‘m) oylik maoshlari hisobga olingan.

    Tahlil uchun materiallar xarajati — 169 097 so‘m, ish vaqti qiymati — 2900 so‘m, ijtimoiy sug‘urta ajratmasi — 725 so‘m va 13 818 so‘mlik bilvosita xarajatlar bilan jami xizmat tannarxi 186 540 so‘mni tashkil etmoqda. Agentlik hisobiga o‘tadigan 20 foiz miqdoridagi rentabellik bilan har bir tahlil uchun 27 981 so‘m olinadi.

    Foyda solig‘i (12 foiz) xizmat narxini yana 3358 so‘mga oshiradi. Yuqori tashkilotga 2 foizlik ajratma (6536 so‘m) bilan xizmat narxi jami 224 415 so‘mga yetadi.

    COVID-19 testini qayerda topshirish mumkin?

    Toshkentda tahlillarni Respublika va Toshkent OITSga qarshi kurashish markazlari laboratoriyalarida topshirish mumkin. Hududlarda esa testlar Qoraqalpog‘iston va viloyatlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining laboratoriyalarida o‘tkaziladi.

    Arizachi test natijalari haqidagi original ko‘rinishdagi ma’lumotni bevosita olishi yoki uni elektron pochta va Telegram orqali qabul qilishi mumkin.

    Test natijalari haqidagi guvohnoma to‘lov haqidagi kvitansiya taqdim etilgandagina haqiqiy hisoblanadi.

    Test topshirish mumkin bo‘lgan markazlar manzillari

    №

    Hudud nomi

    Xizmat ko‘rsatuvchi muassasa

    Manzil, telefon raqami

    1Toshkent shahri va viloyatiToshkent shahar va viloyati Respublika OITSga qarshi kurashish markaziChilonzor tuman, Farhod ko‘chasi 12-uy, +998712769325
    Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markaziShayxontohur tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi 305-uy, +998712428134
    2Andijon viloyatiAndijon viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziAndijon shahar, Bobur shohko‘chasi, 5-uy, +998742276019
    3Buxoro viloyatiBuxoro viloyat sanitariya- epidemiologik osoyishtalik markaziBuxoro shahar, I.Muminova ko‘chasi. 29-uy, +998652230277
    4Jizzax viloyatiJizzax viloyati sanitariya- epidemiologik osoyishtalik markaziJizzax shahar, A.Azimov ko‘chasi, 1a-uy, +998722223786
    5Qashqadaryo viloyatiQashqadaryo viloyati sanitariya- epidemiologik osoyishtalik markaziQarshi shahar, Amir Temur ko‘chasi, 74-uy, +998752250734
    6Navoiy viloyatiNavoiy viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziNavoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 8-uy, +998782203015
    7Namangan viloyatiNamangan viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziNamangan shahar, Shohruxobod ko‘chasi, 26- uy, +998692276293
    8Samarqand viloyatiSamarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziSamarqand shahar, Isayeva ko‘chasi, 40-uy, +998662311241
    9Surxondaryo viloyatiSurxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziTermiz shahar, I.Karimov ko‘chasi, 1-uy, +998762233208
    10Sirdaryo viloyatiSirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziGuliston shahar, Ibn Sino ko‘chasi, 15-uy, +998672263827
    11Farg‘ona viloyatiFarg‘ona viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziFarg‘ona shahar, Tabobat ko‘chasi, 26-uy, +998732263464
    12Xorazm viloyatiXorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziUrganch shahar, A.Bahodirxon ko‘chasi, 117-uy, +998622288373
    13Qoraqalpog‘iston RespublikasiQoraqalpog‘iston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziNukus shahar, A.Shamuratova ko‘chasi, 11−7b, +998612248820
    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilning 18-may kunidan boshlab Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temiryo‘l qatnovi qayta tiklanishi haqida xabar berilgan edi. Mazkur qatnovlardan foydalanmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.

    Biroq karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini, shuningdek, harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini e’tiborga olib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?