Koronavirus tufayli to‘xtab qolgan Angliya Premyer Ligasi mavsumni qayta tiklash yo‘lida birinchi qadamni tashladi.

Foto: Twitter

Premyer Liga matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoalar 19-may kunidan boshlab o‘z bazalarida mashg‘ulotlarni boshlashiga ruxsat berildi.

Klub xo‘jayinlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonidan so‘ng ushbu qarorga kelingan. Shu bilan birga mashg‘ulotlar ayrim cheklovlar bilan o‘tadi: futbolchilar katta bo‘lmagan guruh bo‘lib shug‘ullanadi va masofa saqlanadi.

Angliya chempionati COVID-19 virusining keng tarqalishi sabab to‘xtab qolgandi. 29-turga kelib “Liverpul” 82 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.

16-maydan boshlab Germaniya Bundesligasi o‘yinlari start oldi. Shuningdek, La Liga va A Seriyada ham mavsumni davom ettirish borasida harakatlar davom etmoqda. Kuchli beshlik ligalari safiga kiruvchi Fransiya chempionti esa muddatidan avval yakunlandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!