Transfermarkt portali “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Ularning sakkiz nafari “Borussiya D” vakillari bo‘lsa, qolgan uch futbolchi “Liverpul”dan. Germaniyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Neven Subotich bo‘ldi. Serbiyalik himoyachi “Mayns” va “Borussiya D”da Klopp qo‘l ostida to‘p surgan hamda ularda jami 281 o‘yin o‘tkazgan.
Ramziy terma jamoa bilan tanishing:
Darvozabon: Roman Vaydenfeller (279 o‘yin);
Himoyachilar: Marsel Shmeltser (232), Mats Hummels (242), Neven Subotich (281), Kevin Grosskroyts (235);
Yarim himoyachilar: Jeyms Milner (201), Nuri Shahin (178), Yakub Blashchikovski (225), Sadio Mane (161);
Hujumchilar: Robert Levandovski (186), Roberto Firmino (228).
Mavzuga doir:
- Giggz, Bekhem, Runi. Aleks Fergyuson boshqaruvida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ramziy terma jamoasi tuzildi
- Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa
- Buffondan Azargacha. Antonio Kontening eng ishongan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa
Izoh (0)