Misr terma jamoasi sobiq murabbiyi Hani Ramzi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh 2018-yilda “Real”ga o‘tishdan bosh tortganini aytdi.
“O‘sha vaqtda Ektor Kuper bilan ishlardim, 2018-yilning mart oyida Shveysariyada mashg‘ulotimiz bor edi. Saloh bilan gaplashdim va u “Real”dan taklif olganini aytdi. Taklif juda yaxshi edi, biroq Saloh men va Kuper bilan maslahatlashdi hamda “Liverpul”da qolishga qaror qildi. Chunki u yerda Muhammad o‘zini yaxshi his qilardi”, — deydi Ramzi.
Saloh 2017-yildan buyon “Liverpul” safida harakat qiladi. Misrlik futbolchi “Real”ga qarshi kechgan 2018-yilgi Chempionlar Ligasi finalida jarohat olib maydonni tark etadi va uning jamoasi finalni boy berdi (1:3). Biroq oradan bir yil o‘tib, “Liverpul” finalda “Tottenhem”ni taslim etgan holda (2:0) bosh sovringa ega chiqadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)