Xitoyning BYD avtomobil ishlash chiqaruvchi kompaniyasi o‘zining yangi Han EV elektrokarini taqdim etdi va Tesla Model 3’ga raqobatchi tayyorlayotganini bildirdi, deb yozadi Express and Star.

Foto: Express and Star

Elektromobil iyun oyida Xitoyda sotuvga chiqariladi.

Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, transport vositasi bir quvvatlantirishda 605 kilometrgacha masofa bosib o‘ta oladi. Uning tezligi soatiga 100 kilometrga yetishi uchun 3,9 soniya talab qilinadi.

Elektr sedan 5G aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan DiPilot avtopiloti bilan ta’minlanadi.

Foto: Express and Star

Qayd etilishicha, Han EV saloni Tesla saloniga juda o‘xshaydi.

Avtomobilning Yevropa bozorida qachon paydo bo‘lishi noma’lum. Elektrokarning narxi 45-55 ming yevro bo‘lishi kutilmoqda.