Rossiyaning ilmiy vizualizatsiya bilan shug‘ullanuvchi Visual Science studiyasi SARS-CoV-2 koronavirusining eng batafsil 3D modelini yaratdi.

Foto: Visual Science

Model yaratuvchilarining ta’kidlashicha, bu hozirgi kunda koronavirusning eng aniq modeli hisoblanadi.

Dizaynerlarning so‘zlariga ko‘ra, yorqin ranglar bilan virus genomini kodlovchi oqsillar, kulrang tuslari bilan esa virus xo‘jayin-hujayradan oluvchi struktura tasvirlangan.

“Shu orqali biz viruslarning parazit va mustaqil bo‘lmagan tabiatini qayd etamiz”, — deydi model mualliflari.

Vizualizatsiya kadrlarida membrana yuzasidagi oqsillarga ega SARS-CoV-2 koronavirusining mayda zarralarini ham ko‘rish mumkin.

Avvalroq amerikalik biologlar koronavirus oqsilidagi “tikon”lar tebranishini tovushga aylantirgani haqida xabar berilgandi.