• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ulug‘ vatan urushi”dan oldin. Sovet–fin urushida qatnashgan o‘zbekistonliklar haqida

    Ma’lumki, oxirgi paytlarda 9-may sanasini qanday nomlash (Xotira va qadlash kunimi, G‘alaba kunimi?) borasida bahslar kelib chiqmoqda. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi va Ulug‘ vatan urushi tushunchalari atrofida ham muhokamalar ketmoqda. Muqaddam “Daryo” ekspertlar va tarixchilar fikrlarini o‘rganib, e’lon qilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Ikkinchi jahon urushimi, Ulug‘ vatan urushimi? Pro et contra
    Ulug‘ vatan urushi atamasiga qaytish tarafdorlarining argumentlariga binoan, bu tushuncha Ikkinchi jahon urushining bir qismini — 1941—1945-yillardagi Sovet–nemis urushini aks ettiradi, o‘zbekistonliklar urushning shu bosqichida ishtirok etgan. Ammo tarixiy faktlar ko‘rsatib turibdiki, o‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushining boshqa epizodlarida ham qatnashgan. Xususan, ilgariroq Sovet–yapon urushida qatnashgan o‘zbekistonliklar haqida maqola e’lon qilgan edik.

    Mavzuga doir:

    • 1945-yilgi Sovet–yapon urushida qatnashgan o‘zbekistonliklarni bilasizmi?
    Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushi voqealari doirasida 1939-yil 30-noyabrida SSSR Finlyandiya hududiga bostirib kirgandi. Urush yakunlari bo‘yicha sovet tomoni Finlyandiyaga o‘z shartlarini o‘tkazsa ham, agressiyasi uchun Millatlar ligasidan quvildi. Shuningdek, SSSR kichkina Finlyandiyaga qarshi urushda ulkan yo‘qotishlarga uchragani butun dunyoga Qizil armiyaning yomon tayyorgarligini ko‘rsatib berdi va Uchinchi Reyxning SSSRga bostirib kirishini tezlashtirdi.

    Sovet–fin urushida qatnashgan harbiylar orasida O‘zbekiston vakillari ham bor. “Daryo” falsafa fanlari nomzodi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarovning 1939—1940-yillardagi Sovet–fin urushida qatnashgan o‘zbekistonlik harbiylar haqidagi maqolasini diqqatingizga havola etadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Artilleriya general-polkovnigi Parsegov M.A.

    Menimcha, to‘rtta urushda ishtirok etgan artilleriya general-polkovnigi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Parsegov Mixail Artemyevich (1899—1964) eng yorqin namoyanda bo‘lsa kerak. U arman millatiga mansub bo‘lib, Tog‘li Qorabog‘da tug‘ilgan va 12 yoshdan boshlab Turkistonda istiqomat qilgan. Andijondagi paxta tozalash zavodida ishlagan. 1916—1917-yillarda Birinchi jahon urushida Kavkaz frontida artilleriya askari sifatida qatnashgan.

    1918—1922-yillarda Turkistonda (Andijon, Namangan va Farg‘onada) xizmat o‘tadi va batareya hamda artilleriya vzvodi komandiri etib tayinlandi. 1922-yilda Toshkentda artilleriya qo‘mondonlik kurslarini, 1926-yilda esa jamoa tarkibini takomillashtirish kurslarini tamomladi. 1936-yilda Harbiy akademiyani tugatdi. O‘rta Osiyo harbiy okrugida hamda Volgabo‘yi va Baykalorti harbiy okruglarida xizmat o‘tadi. U artilleriya divizioni va artilleriya polkiga qo‘mondonlik qildi hamda Leningrad harbiy okrugi artilleriyasiga boshliq ham bo‘ldi.

    1939—1940-yillardagi Sovet–fin urushida 7-qo‘shin artilleriyasi boshlig‘i lavozimida ishtirok etib, Lipolo va Tronsgunda janglarida va “Mannergeym chizig‘i”ning yorib o‘tilishida qatnashdi. 1940-yilning 21-martida Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘ldi. 1940-yilning iyunida esa Pargesovga artilleriya general-leytenanti unvoni berildi va u Qizil armiya artilleriyasining general-inspektori etib tayinlandi. O‘zining Finlyandiya bilan urush yakunlariga ko‘ra bildirilgan tanqidiy nutqlari va konstruktiv takliflari orqali armiya ichida katta mashhurlikka erishdi.

    Mavzuga doir:

    • “Qarg‘alar uchsa qaraylik”. “Ilhaq” filmidan nima kutgandim-u, nima oldim?
    • Siyosiy jang maydoniga aylanayotgan Ikkinchi jahon urushi xotirasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali iqtisodiy salohiyatini tiklayotgan Xitoy. Jahon matbuoti sharhi
    1941—1945-yillarda u janubi-g‘arbiy front artilleriyasi boshlig‘i lavozimida qatnashdi. Kiyev ostonasidagi janglarda, Moskva va Yelets shaharlari ostonasidagi janglarda ishtirok etdi. 1942-yilda Kurs va Voronej ostonasidagi janglarda 40-armiyaga qo‘mondonlik qildi. Yaralanib oyoqqa turgach, Uzoq Sharqqa yuborildi. 1945-yilda ikkinchi Uzoq Sharq fronti artilleriyasi boshlig‘i sifatida Yaponiyaning Kvantun armiyasining yakson qilinishida, Xarbin shahrining va boshqa shaharlarning ozod qilinishida ishtirok etdi.

    Urush yillarida ikkita “Qizil Bayroq” ordeni bilan hamda 2-darjali Suvorov ordeni bilan taqdirlandi. Parsegov sakkizta jangovar orden, ko‘plab medallar — “Qahramon Oltin Yulduzi”, “Germaniya ustidan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan g‘alaba uchun” singarilar kavaleri hisoblanadi. Urushdan keyin Parsegov Bosh shtab akademiyasi qoshidagi kurslarni tamomlab, Polshada Shimoliy qo‘shin guruhlari artilleriyasiga, Uzoq Sharq qo‘shinlari artilleriyasiga va Belarus hamda Leningrad harbiy okruglarida qo‘mondonlik qildi. 1958-yilda artilleriya general-leytenanti bo‘ldi, umrining oxirigacha Harbiy artilleriya akademiyasi fakulteti boshlig‘i sifatida xizmat qilib, 1964-yilda vafot etdi va Sankt-Peterburgdagi Bogoslovskiy qabristoniga dafn etildi.

    Aviatsiya general-leytenanti Kanarev V.P.

    Viktor Pavlovich Kanarev (1907—1965) Qo‘qonda tug‘ilgan; Qo‘qon va Farg‘ona shaharlarida istiqomat qilib, Farg‘ona viloyati yer bo‘limida statist bo‘lib ishlagan. 1927-yilda Farg‘ona shahar harbiy bo‘limi tomonidan xizmatga chaqirilgan. Aviatsiya bilim yurtini tamomlab, dengiz aviatsiyasida xizmat qilgan. Fin urushida Boltiq floti 105-aviabrigadasi, 12-razvedkachi eskadrilya komandiri bo‘lgan. Qo‘mondonlikni dushman haqidagi muhim razvedka ma’lumotlari bilan muvaffaqiyatli ta’minlagani uchun “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida Qora dengiz floti tarkibidagi harbiy havo kuchlarida aviapolk komandiri, aviadiviziya komandiri o‘rinbosari va aviadiviziya qo‘mondoni sifatida qatnashib, Kavkaz, Qrim, Ukraina, Moldova, Ruminiya va Bolgariyaning ozod etilishida qatnashdi. 1944-yilning 16-mayida “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi, uchta “Qizil Bayroq” ordeni, 2-darajali “Ushakov” ordeni, 1-darjali “Vatan urushi” ordeni, “Qizil Yulduz” ordeni, o‘z nomidagi xanjar hamda medallar bilan (“Odessa mudofaasi uchun”, “Sevastopol mudofaasi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun” va hokazo) taqdirlandi.

    Urushdan so‘ng Tinch okeani floti harbiy havo kuchlariga qo‘mondonlik qildi. Bosh shtab akademiyasida kafedra rahbari bo‘ldi. 1961-yildan e’tiboran zaxiraga olindi. 1965-yilda vafot etib, Sevastopolda dafn qilindi.

    Flot sohil xizmati general-mayori Denisevich N.Y.

    Denisevich Nikolay Yulianovich (1893—1965) Namangan shahrida tug‘ilgan va Farg‘ona erkaklar gimnaziyasini tamomlagan. 1913-yilda harbiy bilim yurtini tamomlab, Birinchi jahon urushida va fuqarolar urushida ishtirok etgan. Fin urushining faol qatnashchisi. Sohil kuzatuvi otryadi komandiri sifatida Kareliya bo‘g‘ozi orqali hujumga o‘tayotgan sovet qo‘shinlarining qanoti va ortini yopib turgan.

    1941—1945-yillarda general-mayor, Kronshtadt mudofaa hududi Lug sektori qo‘mondoni etib tayinlandi. 1941—1944-yillar davomida Leningrad mudofaasida qatnashdi va  1944—1945-yillar davomida Boltiqbo‘yi hamda Sharqiy Prussiyaning ozod qilinishida ishtirok etdi.

    Urushdan keyin 1945—1947-yillarda Viborgdagi dengiz piyodalari bilim yurtiga rahbarlik qildi. Harbiy dengiz akademiyasida kafedra boshlig‘i (1947—1951) va fakultet boshlig‘i (1951—1955) bo‘lgan. 1955-yildan esa zaxiraga olindi. “Lenin” ordeni bilan beshta “Qizil Bayroq” ordeni, nomi yozilgan qurol, ko‘plab medallar (“Leningrad mudofaasi uchun” va hokazo) bilan taqdirlandi. 1965-yilda vafot etib, Sankt-Peterburgdagi Bogoslovskya qabristoniga dafn etildi.

    Gvardiya mayori Serper I.L. 

    Odessalik Serper Iosif Lazarevich (1911—2002) 1933—1935-yillarda O‘rta Osiyo harbiy okrugida harbiy xizmat o‘tagan, 1935—1939-yillarda Toshkentda yashab ishlagan. 1939-yildan esa yana armiya safida, Fin urushida qatnashdi. Muhandislik-sapyorlar vzvodi qo‘mondoniga yordamchi etib tayinlandi. “Mannergeym chizig‘i” istehkomlarini yorib o‘tishda qatnashdi. Kichik leytenantlar kursini tamomladi.

    1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida muhandis-sapyorlar qo‘shinida xizmat qildi. Vzvod, rota va batalyon komandiri etib tayinlandi. Kavkaz uchun janglarda, Ukraina, Belarus, Polsha va Sharqiy Prussiyaning ozod qilinishida qatnashdi. Melitopol shahrining ozod qilinishida ishtirok etdi. 1943-yil 1-noyabrida “Sovet Ittifoqi Qahramoni” bo‘ldi. “Lenin” ordeni, 1 va 2-darajali “Vatan urushi” ordenlari, “Qizil Bayroq” ordeni va medallar bilan (“Jangovar xizmatlari uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun” va hokazo) taqdirlandi. 1946-yildan zaxiraga olindi. 2002-yilda vafot etib, San-Fransiskoda dafn etildi.

    Gvardiya katta leytenanti Saidbekov A.

    Amirali Saidbekov (1920—1945) Farg‘ona viloyati So‘x tumani, Topimozor qishlog‘ida tavallud topgan. 1939—1940-yillarda Fin urushida qatnashdi. Buning uchun 1940-yilda kichik leytenantlar kursiga yuborildi. Frontda 1941-yilning 22-iyunidan vzvod va rotaga qo‘mondonlik qildi. Moskva mudofaasida, Belarus, Ukraina, Chexoslovakiya va Polshaning ozod qilinishida qatnashdi. Gvardiya leytenanti Saidbekov 1945-yilning 8-aprelida Polshadagi Ribnik shahrida vafot etdi va o‘sha yerda dafn qilindi. “Lenin” ordeni, “Aleksandr Nevskiy” ordeni, “Qizil Bayroq” ordeni, 1 va 2-darajali “Vatan urushi” ordenlari va medallar bilan taqdirlandi. 1945-yilning 29-iyunida vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berildi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Tankchi va mehnat qahramoni Zamanov M.F.

    Zamanov Maxsut Faizraxmanovich (1914—1988) — Boshqirdistonning Baymoq tumani Isyanbet qishlog‘idan bo‘lgan. 1931—1935-yillarda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘g‘alla sovxozida traktor brigadasiga boshchilik qilgan.

    Armiyaga chaqirilgach, 1939—1940-yillarda Fin urushida tankchi sifatida qatnashdi. 1941—1945-yillardagi urush qatnashchisi. Urushdan keyin qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qildi va qo‘riq yerlarini o‘zlashtirish borasidagi xizmatlari uchun “Mehnat Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi (1957-yil). “Qahramon Yulduzi”, ikkita “Lenin” ordeni hamda ko‘plab medallar bilan taqdirlandi. Boshqirdistondagi Eski Sibay qishlog‘ida vafot etdi va o‘sha joyda ko‘mildi. Qishloqdagi ko‘chalardan biriga uning nomi berildi.

    Orden va medallar bilan taqdirlanganlar:

    • Fin urushidagi ishtiroki uchun “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida O‘zbekistondan chaqirilgan askarlardan katta leytenantlar I.Qulahmatov, Ahmed Mustafin, Boriy Hakimov, kichik komandirlar Sharif Zokirov, Said Magatayev, Qizil Armiya askarlari M.Almabekov, R.Jumadilov, Muhammad Qozixonov, G.Qurbonov, G.Rahmonov va boshqalar;
    • “Qizil Yulduz” ordeni bilan taqdirlangan kapitan Said Nigmatullin, kapitan G.Y.Yusupov, katta leytenant Halim Shokirov, katta siyosiy rahbar I.Qulahmetov, kichik leytenant Ibrohim Bekmuhammedov, Qizil Armiya askarlari Z.Ramazonov, A.Rahmonov, S.Yoqubov va boshqalar;
    • “Jasorat” medali bilan katta leytenantlar Mahmud Bulatov, A.To‘rayev, leytenant Alixon Toshmatov, siyosiy rahbar Murtazo Barayev, Islom Yunusov, kichik komandirlar Salohiddin Odilov, Boqi Saniyazov, Sobir Xayrullin, sanitar yo‘riqchi Anvar Baxtiyev, Qizil Armiya askarlari Mahmud Abdullayev, Niyozali Aliboyev, Abdulhay Olimov, Arslon Amirov, Pirim Ahmedov, Davlat Mukashev, O‘roz Sultonov, Halim Hasanshin, Olim Husniddinov, Shomuhammad Shoymardonov, Tohir Yusupov va boshqalar;
    • “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan 1-darajali harbiy texnik A.Mansurov, 2-darajali harbiy texnik Abdulla Holiqov, kichik komandirlar Mamad Nasrullayev, Qizil Armiya askarlari I.Boboyev, Qarash Dusenov, Anvar Umarov va boshqalar taqdirlangan.
    Umuman olganda, alohida qayd etish joizki, o‘zbekistonlik jangchilarning 1939—1940-yillarda bo‘lib o‘tgan Fin urushidagi ishtiroki harbiy tarix sohasida eng kam o‘rganilgan masalalardan biri hisoblanadi va harbiy-tarixchilar oldida ushbu masalalarni keng jamoatchilik uchun yoritib berish borasidagi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar hali bisyor.

    14.05.2020, 21:40   Izoh (0)   134124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda falokatdan keyin irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda

    14.05.2020, 21:10

    O‘zbekistonga veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlarni olib kirish 2021-yildan qat’iy nazorat qilinadi

    14.05.2020, 20:54

    MIBning Toshkent tuman bo‘limi xodimlari to‘lovlarni kirim qilmagani sababli qo‘lga olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

    14.05.2020, 20:25

    Toshkentdagi “Ulug‘bek” mahallasida koronavirusga chalinganlar soni ortgani sababli karantin choralari kuchaytirildi

    14.05.2020, 20:11

    Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.05.2020, 19:28

    Davlat soliq qo‘mitasiga rahbar bo‘lgan Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi

    14.05.2020, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Eron yadroviy obyektlarida ishlar davom etayotganini ko‘rsatdi (foto)

    Dunyo | 1 iyul, 17:45

    Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 17:35

    Garvard universiteti yahudiy talabalarning fuqarolik huquqlarini buzgan — Oq uy

    Dunyo | 1 iyul, 17:05

    Pep Gvardiola yozda “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapirdi

    Sport | 1 iyul, 16:59

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:54

    Dunyoda ilk bor barcha bosqichlari to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan multserial taqdim etildi

    Kino | 1 iyul, 16:50

    Xivada birinchi O‘zbekiston—Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda (foto)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.