Sirdaryo viloyati hokimligi insonparvarlik yordamlari yuboriladigan manzillar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.
Hokimlik xabarida qayd etilishicha, toshqindan jabrlanganlarga yordam berish istagida bo‘lganlar xavsizlik va sanitariya me’yorlariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida insonparvarlik yordamini quyidagi manzilga yuborishlari lozim:
- oziq-ovqat mahsulotlari: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Quruvchilar ko‘chasi, 1-uy. Tel: (97) 277 77 75, (90) 135 34 00;
- kiyim va boshqa ro‘zg‘or buyumlari: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, N.Zokirov ko‘chasi, 1-uy. Tel: (91) 500 55 00, (99) 924 29 99;
- gigiyena va dori-darmon vositalari: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, “Ulug‘obod” MFY. Tel: (90) 252 07 08, (98) 369 07 22. Mirzaobod tumani, Bahor qishlog‘i, 1. Tel: (91) 626 00 20, (91) 621 36 38;
- qurilish materiallari: Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Mirzo Ulug‘bek” MFY, Chuqursoy. Tel: (91) 502 44 36, (94) 914 87 87.
Hokimlik Sirdaryo aholisiga ko‘rsatilayotgan hamdardlik va yordam uchun barchaga minnatdorchilik bildirgan.
Avvalroq Toshkentda suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga gumanitar yordam to‘plash markazi tashkil qilingani, yordam faqat yuk tashish mashinalarida yetkazilishi xabar berilgan edi. Sirdaryo viloyati aholisiga nafaqat Toshkent shahridan, balki O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham yordam yuklari yuborilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlaridan ham yordam yuklari yuborilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysidan Sirdaryo va Buxoroga ko‘mak karvonlari yuborilgani haqida xabar berilgan.
Toshkent shahar hokimligi Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga barcha mahsulotlar yetkazilgani va ularda hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirgan.