Dunyoda Odri Xepbyornga o‘xshashni istamagan ayol bo‘lmasa kerak. Uning aktrisalik mahorati, go‘zalligi, o‘zini tutishi va kiyinish uslubi oradan necha yil o‘tsa hamki, e’tibor markazida hisoblanadi. U nozik qaddi-qomatiga yarashtirib kiygan etagi keng yubkalar, yanada jozibali ko‘rsatadigan top va bluzkalar bugun ham dolzarb. Odrining qora sviter, kalta shim yoki trapetsiya uslubidagi ko‘ylak, kichik poshna va baletkalar kiyib namoyon bo‘lgan obrazlari bugungacha dizayner va moda ixlosmandlarining ilhom manbayi hisoblanadi. Go‘zal qiyofa, noziklik va kalta soch turmagi uyg‘unligi esa aktrisani yanada betakror ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan.
Harper’s Bazaar nashri go‘zallik va nafosat timsolining hamma yerda ham uchrayvermaydigan suratlarini taqdim qildi.
Izoh (0)