Yangi mavsumda qanday uslub, libos va aksessuarlar urfda bo‘lishi moda olami vakilasi bo‘lmasa-da, barcha ayol-qizlarni qiziqtiradi. Avval ta’kidlaganimizdek, 2020-yilning bahor-yozida viktorian uslubidagi bluzalar, malika Diananiki singari plissorovkali yubkalar urfda bo‘lib, poyabzallardan so‘nggi bir-ikki yil davomida street style’ni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan krossovkalar trend estafetasini baletkalarga topshiradi.

Moda yangiliklarini muntazam kuzatib boruvchi o‘quvchilar uchun yaxshi yangilik: endi siz bir vaqtning o‘zida ham qulay, ham zamonaviy kiyina olasiz. Negaki mutaxassislar tomonidan kombinezonlarni garderobga qo‘shish tavsiya qilinmoqda.

Kombinezon qomatni chiroyli ko‘rsatish va uni kiygan insonning tanlov borasida jasur ekanini isbotlaydigan libos hisoblanadi. Kombinezon tanlashda qaddi-qomat, bo‘y uzunligiga e’tibor berish kerak. Masalan, to‘laroq qizlarga yopishib turadigan model tavsiya qilinmaydi.

Foto: Oh fashion

Kombinezonlar turli matodan tikilgan, bir-biriga o‘xshamagan uslub va rangli bo‘lishi mumkin. Jinsi matoli modelni keta yoki krossovka bilan moslash yoki bo‘yinga kichik qizil ro‘mol bog‘lab, qizil yoki sariq tufli kiyib o‘ziga xos obraz yaratish mumkin.

Foto: It’s fashionably

Charm kombinezonlar kishi qiyofasini jiddiy va salobatli ko‘rsatadi. Charm yupqa bo‘lmagani sabab bunday modellarni bahor so‘ngiga qadar kiyish uni vintaj usulidagi aksessuar yoki obodok bilan kiyish tavsiya qilinadi.

Obraz yaratishda aniq bir qoida yoki qolip yo‘q, rang va modellarni istaganingizcha uyg‘unlashtirishingiz mumkin,  asosiysi esa qulay va didli ko‘rinsa bo‘​lgani.

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend

Foto: Glamtrend