Charm liboslar, aksessuar va oyoq kiyimlar hamisha trendda. “Haip.info” qanday charm kiyimlar ushbu mavsumda urfda ekaniga to‘xtaldi.
Kombinezon
Fashionsevarlar trendda bo‘lishlari uchun garderoblariga charm kombinezonni qo‘shishlari kerak. Uni vodolazka, futbolka yoki toplar bilan moslash mumkin. Ustidan trench, oversize pidjak kiyish obrazni yana-da zamonaviy ko‘rsatadi. Klassik uchli tufli va bog‘ichli botinkalar charmga mos tushadi.
Shortik
Charm shortiklar 2019-yildayoq dolzarb bo‘lishga ulgurgan bo‘lsa-da, hali hamon ahamiyatini yo‘qotmagan. Shortik tanlaganda, bichimi va rangi rangingizga tushishiga e’tibor bering. Uni keng va kalta sviterlar hamda uzun botfordlar bilan moslash mumkin.
Charm pidjak
Charm pidjak bilan istalgan obrazni yakunlash mumkin. Printli yupqa ko‘ylak bilan ham, jinsi shim yoki yubka bilan ham kiysa bo‘ladi. Ushbu pidjak ayniqsa, yomg‘irli bahor havosida ayni muddao.
Charm yubka
Charm yubkani ofis yoki kechki ziyofatlarga hech ikkilanmay kiysangiz bo‘ladi. Kundalik obraz uchun esa minimal uslubdagi futbolka yoki top bilan, oyog‘ingizga krossovka yoki keda bilan kiyishingiz mumkin.
Charm obodok
Ushbu aksessuar istalgan oddiy uslubga o‘ziga xoslik kiritadi. Ayniqsa, uni retro uslubidagi zirak va charm klatch bilan moslasangiz bormi, obrazingiz esda qolarli bo‘ladi.
Mavzuga doir:
- Moda o‘zgaradi, uslub emas. Urfdan qolmaydigan 10 kiyim-kechak
- Kayfiyatni ko‘taruvchi libos ranglari. Yorqinlik bilan o‘zingiz va atrofdagilarga pozitiv ulashing
- Trendda bo‘lish uchun ortiqcha pul sarflash shart emas. Bisotingizda boridan foydalanib zamonaviy bo‘lishingiz mumkin
- 2020-yil bahor-yoz mavsumida qanday shimlar urfda bo‘ladi?